Romsiz Nokia X: taqdimot sanasi, ishlayotgan holdagi «jonli» videosi va surati!

  •   DiMaX
  •  1955
  •  03.05.2018 12:19

Romsiz Nokia X: taqdimot sanasi, ishlayotgan holdagi «jonli» videosi va surati!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendini «tiriltirib», ushbu brend bilan bir qator smartfonlar va hatto tugmachali telefonlar ham chiqardi. Xitoylik manbalarning xabariga ko‘ra, uning eng kutilayotgan modeli – Nokia X qurilmasining ham taqdimoti yaqin.

O‘QING: Taqdimotga tayyor Nokia X iPhone X'ga raqibmi?

Shu kunlarda HMD Global kompaniyasi Xitoyda, tor doirada bir yopiq tadbir o‘tkazdi, deyishadi insayderlar. Ular shu marosimdan olingan, ekrani yoqiq holatdagi Nokia X videosini internetga ham chiqarib yuborishgan.

Mazkur rolikning aynan Nokia va HMD Global’ga yaqin manbalar tarqatgani aniq. Zero, lavha muallifi smartfonni ekrani yoqiq paytida old panelini to‘lig‘icha ko‘rsatmaydi. Bu esa displeyning yuqori qismida «kemtik» bor-yo‘qligi aniq bilinmasligi uchun maxsus qilingan «ayyorlik»dir.

Mana, o‘zingiz ham e’tibor bering-da:

Guvohi bo‘lganingizdek, Nokia X orqa paneli shu paytgacha uning dizayni haqida tarqalgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Biroq gadjetning texnik xususiyatlari hozircha rasman aytilmagan, bu videoda ko‘rsatilmagan ham.

Quyida esa ushbu smartfonning «jonli» suratini ko‘rishingiz mumkin:

Nokiamob resursining ma’lum qilishicha, HMD Global kompaniyasi Nokia X smartfonini 16 may kuni namoyish etadi. Taqdimot marosimi Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi; aniqrog‘i – mazkur namoyish 16 maydan 21 maygacha davom etadigan matbuot anjumani dasturiga kiritilgan. Besh kunlik ushbu tadbirda kompaniya o‘zining shu paytgacha chiqarilgan smartfonlarini namoyish etadi, ular haqida batafsil ma’lumotlar beradi, shuningdek, mehmonlar va jurnalistlarning savollariga javob beradi.

O‘QING: Samsung va Apple uddalay olmagan texnologiya Nokia flagmaniga joriy etiladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!