Ronaldu maqtagan kamerafon olgan suratlar hayratlanarli

Ronaldu maqtagan kamerafon olgan suratlar hayratlanarli

30 mart kuni Krishtianu Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida Nubia Z17 Mini smartfonida suratlar olib ko‘rgani, qo‘sh-modulli bosh kameraning suratga olishi juda taassurotli ekani, uning 6 apreldagi taqdimotini sabrsizlik bilan kutayotganini yozgan edi.

12 aprel kuni Xitoyning ZTE kompaniyasi qimmat smartfonlar turkumiga kiruvchi Nubia Z17 mini gadjetini sotuvga chiqargan, smartfonning ilk partiyasi, ya’ni 50 minshdan ziyod smartfon 1 daqiqa orasida sotilib ketgan.

Nubia Z17 Mini smartfonining bosh kamerasida olingan ilk suratlar kompaniya rahbarining Weibo tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan. Suratlarning mobil kamera sanoatidagi yangi jihatlari ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Jumladan, yon tomon effektiga ega suratlarning sifati yuqori darajada. Ularni siz ham bir ko‘ring.

Orqa fonni xiralashtirish, ikki yon tomonning surat markazidagi ob’yektni “yutib” yuborayotgandek ko‘rinishdagi suratlar olgan kamera ilovasi rejim hamda funksiyalarga boy.

ZTE Nubia Z17 Mini’ning bosh kamerasi uchun tanlangan sensorlarning har biri 13 megapikselli va ularning optik pribori f/2.2 standartiga ega. Bu modullardan biri oq-qora suratni muhrlaydigan linzaga, boshqasi RGB (red, green, blue), ya’ni qizil, yashil va ko‘k ranglarni yaxshi muhrlaydigan Sony’ning IMX258 linzasi bilan ta’minlangan. Old kameradagi modul kattaroq, ya’ni 16 megapikselli. Unga f/2.0 standartidagi yorug‘likni qamrab oluvchi pribor o‘rnatilgan. Bu sensorga 80 gradus kenglikdagi burchak ostida selfi oladigan linza o‘rnatilgan.

Nubia Z17 Mini 5.2 dyuymli Full HD displeyi, o‘rta darajali Snapdragon 652 yoki 653 protsessori, 4 yoki 6 gigabaytli tezkor, 64 GB doimiy (200 GB.gacha xotira fleshkasini o‘qiydi), 2,930 mA soat sig‘imli quvvat toshi bilan maqtana oladi.

ZTE Nubia Z17 Mini Xitoy bozoriga talqinidan kelib chiqib, $250 hamda $290 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!