Rossiyada «dengiz» smartfoni yaratildi: Funksiyalari zo‘r bo‘lsa narxining ahamiyat bormikan?

  •   Saroy
  •  993
  •  07.09.2018 14:24

Rossiyada «dengiz» smartfoni yaratildi: Funksiyalari zo‘r bo‘lsa narxining ahamiyat bormikan?

«Rostex»ning ko‘pfunksiyali integratsilashgan  aloqa kompleksi (MIKS)  kemalar aloqasida yangi tamoyilni ilgari surmoqda, u ham bo‘lsa uyali tarmoqlar bo‘yicha. Kompleksning barcha qismlari ham apparatli, ham dasturiy bo‘lib, Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan. Asosini baza stansiyasi, mobil apparatlari va ekipaj sog‘ligini o‘lchab borgich tashkil etadi. Uskunalar doimiy kuchli to‘lqinlarga, tebranishlarga, suvning salbiy ta’sirlariga va havoning tez o‘zgarishiga moslashtirilgan.

Hi-Tech.Mail.Ru saytining ma’lum qilishicha,  majmuaning narxi bir necha million rublga yetishi mumkin

Choksiz rouming tamoyili tufayli endi barcha sinfdagi suvosti va suvusti kemalari, unchalik katta bo‘lmagan kreyserlardan tortib, ulkan aviatashuvchilargacha  bir-biri bilan muammosiz aloqa qila oladi.

Avvalllari foydalanilgan kema ichidagi statsionarli aloqa vositalari tez-tez uzilib qolar yoki ko‘p vaqt talab qilardi. Hozirgi rejaga ko‘ra, MIKSlar faol harbiy-sanoat majmualarida va yopiq strategik nuqtalarda foydalanishga qabul qilinadi. Qolaversa, uni eksport qilish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Majmuaning kemadagi vazifalari anchagina: Bortichidagi qattiq ovozli aloqa, telefon suhbatlashishlari, kayutalar va kemani boshqarish jarayonlarini ko‘rsatib turuvchi mahalliy translyasiya hamda ekipaj a’zolarining sog‘ligini kuzatib borish shular jumlasidan. Bortdan tashqarida esa, u telefon va telegraf aloqalari uchun javob beradi, videoko‘prik, fayllar va boshqa ma’lumotlarni almashish vazifalarini amalga oshiradi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!