Rossiyada Sony Xperia XZ sotuvlari boshlandi

Rossiyada Sony Xperia XZ sotuvlari boshlandi

Sony Mobile Communications kompaniyasi Rossiyada Xperia XZ smartfonlarining sotuvlari boshlanganini e’lon qildi. Smartfon 15 oktyabrdan boshlab Rossiya elektronika bozorida 49 990 rubl (800 AQSh dollari atrofida) narxida sotuvga chiqariladi.

Yapon firmasi mazkur modeldagi smartfonni IFA-2016 ko‘rgazmasida namoyish qilgan edi. Sony Xperia XZ kuchli texnik parametrlar va o‘ziga xos dizaynga ega bo‘ldi. Unga 5,2 dyuymli Full HD ekran, lazerli avtofokus bilan kuchaytirilgan 23 MPli asosiy kamera va 13 MPli old kamera, Qualcomm Snapdragon 820 protsessori o‘rnatilgan. Smartfon 3 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotiraga ega, shuningdek, microSD-karta o‘rnatish imkoniyati ham mavjud.

Sony Xperia XZ sig‘imi 2900 mA/st bo‘lgan akkumulyatordan quvvatlanadi. Barmoq izi skaneri, USB Type C sloti bilan ta’minlangan, IP65/IP68 standartlari bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan. Smartfon hozircha Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlamoqda, tez orada so‘nggi versiyaga yangilanishi rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!