Rossiyalik maktab o‘quvchilari Tesla himoyasini buzib, yadro hujumini to‘xtatib qolishdi!

  •   DiMaX
  •  1648
  •  22.11.2018 17:38

Rossiyalik maktab o‘quvchilari Tesla himoyasini buzib, yadro hujumini to‘xtatib qolishdi!

Kuni kecha Sochi shahrida «Axborot xavfsizligi» ta’lim kursining bitiruv imtihoni bo‘lib o‘tgan. Unda o‘quvchilar qoyilmaqom natijalar ko‘rsatishdi.

O‘QING: Video: xakerlarning Tesla Model S’ni o‘g‘irlashi tasvirga olindi

Imtihon topshiriqlari doirasida o‘quvchilar «Satana» yadro raketasining uchirilishini to‘xtatib qolishdi. Kvest shartlariga ko‘ra, bunga bir soat vaqt ajratilgan edi. Mazkur vazifani bajarish uchun nafaqat dasturiy yechimlardan foydalanish, balki apparat qismlariga ham murojaat etishga to‘g‘ri keldi. Jumladan, kerakli mikrosxemalarni kavsharlab ulash, ortiqcha simlarni qirqish... Xullasi kalom, o‘quvchilar buning uddasidan chiqishdi.

Yana bir topshiriq esa Tesla elektromobilining himoya tizimini buzib kirishdan iborat edi. Bunga bir necha samarasiz urinishlarni amalga oshirgach, o‘quvchilar oxiri himoyani buzib kira olishdi.

«Axborot xavfsizligi» ta’lim kursi tashkilotchilarining ta’kidlashlaricha, ular josuslarni yoki xakerlarni yetishtirishni reja qilishmagan. Ularning vazifasi – yoshlarga turli tahdidlardan saqlanishni, shuningdek, dasturchilik borasidagi iste’dodlarini xavfsizlik tizimlaridagi «tuynuk»larni topish va bartaraf etishga sarflashni o‘rgatishdan iboratdir.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!