Ruxsat berilmaydigan joylarda ham skrinshot olish yo‘llari bor!

  •   DiMaX
  •  4001
  •  20.06.2019 11:47

Ruxsat berilmaydigan joylarda ham skrinshot olish yo‘llari bor!

Smartfonda skrinshot olish hamisha ham oson ish emas. Ayrim ilovalar (masalan, bank dasturi messenjerlari, inkognito rejimidagi brauzerlar) ekrandan surat olishga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin bu cheklovni aylanib o‘tish yo‘llari mavjud...

O‘QING: Android, iOS va Windows Phone’da skrinshot qilish

Chet ilova yordamida skrinshot olish

Skrinshotning eng oddiy yo‘li – smartfon ekranini boshqa qurilma kamerasi orqali suratga olish. Biroq buning uchun ikkinchi bir gadjet kerak bo‘ladi va rasm sifati ko‘ngildagidek chiqmaydi.

Shuningdek, skrinshot olishga ruxsat bermaydigan ilovalardan ekran suratini olishga imkon beruvchi dasturlar ham bor. Shulardan biri – ReEnable Screenshot Module ilovasini mana bu havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin.

Bu kabi ilovalar odatda tizim imkoniyatlariga kirish uchun ruxsat so‘raydi. Agarda cho‘chimasangiz, bunga ruxsat berishingiz va istalgan interfeysdan skrinshot olaverishingiz mumkin. Biroq ular sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni «ilib olib», shu dasturni ishlab chiqqan dasturchilarga yubormasligiga hech qanday kafolat yo‘q.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Google Assistant ham buni eplaydi!

Lekin ekrandagi istalgan ilova interfeysidan skrinshot olishda sizga Google Assistant yordam bera oladi. Buning uchun dastlab mazkur yordamchini quyidagicha sozlab olish darkor:

  1. Google Assistant’ni chaqiring va pastki o‘ng burchakdagi kompas belgichasini bosing.
  2. Akkaunt belgichasini bosing va sozlamalarga o‘ting.
  3. O‘ng tomonga svayp qilib (silab), «Pomoщnik» (Assistant) varaqasiga o‘ting. Ekranning pastki qismidagi, akkauntingizga ulangan qurilmalar orasidan o‘z smartfoningizni tanlang.

  1. «Obщiye» (General) bo‘limiga o‘ting va yuqoridagi ikkita opsiyani faollashtiring.
  2. Endi Google ilovasini ochib, sozlamalaridagi «Pomoщnik i golosovoy vvod» bo‘limiga kiring hamda unga ekran skrinshotlaridan foydalanish uchun ruxsat bering.

Shu bilan siz smartfoningizdagi istalgan ekran suratini olish imkonini qo‘lga kiritdingiz. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun, o‘sha skrinshot olishga ruxsat bermaydigan ilovani ochasiz va kerakli sahifaga borasiz. Ovozli buyruq yordamida Google Assistant’ni chaqirasiz va «Sdelay skrinshot» deya buyurasiz. U skrinshot oladi va rasmni kimgadir yuborishni taklif qiladi. Siz endi suratni kerakli odamga yuborishingiz yoki smartfoningiz xotirasida saqlab qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Chrome’da yaxlit sahifadan skrinshot olish

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!