S9'dan 10 karra yaxshi Oppo Find X arzon narxda sotuvga chiqdi

S9'dan 10 karra yaxshi Oppo Find X arzon narxda sotuvga chiqdi

Samsung ko‘pchilikning ishonchini va hurmatini qozongan kompaniya bo‘lsa ham, raqobat davrida yangidan-yangi raqiblar smartfon sanoatiga kirib kelmoqda va yangi innovatsiyalar bilan xaridorlarning diqqatini tortmoqda. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, yaqinda taqdim qilingan Oppo Find X jihatlariga ko‘ra Samsung Galaxy S9 flagman smartfonidan 10 karra ilg‘orroq.

Kecha, 2018 yilning 14 iyul kuni Oppo Find X smartfoni sotuvga chiqarildi. Hozircha Xitoyda sotuvga chiqarilgan devays uchun 750 AQSh dollari so‘ralmoqda. Qimmat bo‘lsa ham, ushbu telefon apparati bu narxga arziydi. Shu bilan birga, smartfon raqibi Samsung Galaxy S9 flagmanidan ancha arzon.

6,4 dyuymli ekran yon tomonlarga qayrilgan shaklda. AMOLED matritsali displeyning piksellar sig‘imi Full HD+. Ekran bilan bog‘liq ahamiyatli jihatlardan biri -- old panelning deyarli 93% foizi displeydan iborat. Aytish kerakki, jahondagi hali biror devays ekran masalasida bunday natijani ko‘rsata olmagan.

Ushbu natijaga erishish uchun kompaniya muhandislari old hamda bosh kamerani korpusning yuqori qismiga o‘rnatilgan va harakatlanadigan maxsus modulga joylashtirganlar. Ya’ni, devaysning tom qismi slayderli mexanizm asosida ishlaydi.

Bundan tashqari, yangi smartfon barmoq izi skaneridan ham mahrum bo‘lgan. Buning uchun esa bir nechta datchiklar jamlanmasidan iborat va 3D-skanerlash texnologiyasida ishlaydigan funksiya tatbiq qilingan. Mi 8 flagmanidan so‘ng, Oppo Find X qiyofani to‘liq skanerlash tizimiga ega bo‘lgan ikkinchi Android smartfon bo‘ldi.

Oppo Find X ayni paytda eng ilg‘or android protsessor bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 845 chipiga ega bo‘lgan. Unga 8 gigabaytgacha tezkor hamda 256 gigabaytgacha doimiy xotira o‘rnatilgan.

Bosh kamerada 16 Mp va 20 Mp aniqligidagi sensorlar o‘rnatilgan. Old kamera uchun esa 25 megapikselli datchik tanlangan. Kameralar olgan surat "sun’iy intellekt" texnologiyasi yordamida tizimda qayta ishlanadi.

Oppo Find X to‘g‘risida batafsil ma’lumot oling:

Parijda "rekordchi" Oppo Find X taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.