Saida Mirziyoyeva maxsus kompyuter markazini taqdim etdi – u kimlarga mo‘ljallangan?

  •   DiMaX
  •  1598
  •  04.10.2019 12:33

Saida Mirziyoyeva maxsus kompyuter markazini taqdim etdi – u kimlarga mo‘ljallangan?

Kuni kecha – 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining yana bir tashabbusi o‘zining amaliy ifodasini topdi. Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kompyuter markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deyiladi Agentlik xabarida.

O‘QING: Endi Allamjonovning ham telegram kanali bor!

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4151-sonli qarorida tasdiqlangan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini amalga oshirish «Yo‘l xaritasi» doirasida tashkil etildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, maktab-internat o‘quvchilari va ularning ota-onalari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bugungi kunda mamlakatda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan beshta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini qayd etdi. Agentlikning imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarining to‘laqonli rivojlanishlarida zarur bo‘lgan sharoitlar yaratish, ularga zamonaviy axborot-kommunikatsion va butunjahon internet tarmog‘idan foydalanish ko‘nikmalarini uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish tashabbusi yaqqol namoyon etdi.

Ta’kidlash lozimki, Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rishida muammo bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlariga maksimal darajada moslashtirilgan. Xususan, ular ekranda nutq interfeyslari yordamida maxsus o‘qish dasturi bilan jihozlangan bo‘lib, matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.

O‘QING: O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

Bundan tashqari, kompyuterda Agentlik tashabbusi va «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan audioertaklar, A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasida saqlanadigan audikitoblar joylangan.

Agentlik mutasaddilari audiomateriallar bilan jihozlangan kompyuter markazining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa maktab-internatlar uchun ijobiy tajriba bo‘lib xizmat qiladi, alohida parvarishga muhtoj odamlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi va barcha nashr etiladigan barcha kitoblarning audioversiyasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy tadbirkorlik hisoblanadi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva maxsus maktab-internat kutubxona fondiga atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanining audio talqinini taqdim etdi.

O‘QING: Saida Mirziyoyevaning «Facebook» sahifasi «Verified» belgisini oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!