Samarqandda innovatsion svetofor o‘rnatildi – uni piyodalar boshqaradi!

  •   DiMaX
  •  1452
  •  14.03.2019 12:05

Samarqandda innovatsion svetofor o‘rnatildi – uni piyodalar boshqaradi!

Piyodalarga qulaylik yaratish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida zamonaviy svetofor o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O‘QING: Endi metroga kirishda IIB xodimlari turmaydi!

Ushbu innovatsion svetofor Ibn Sino ko‘chasida (aeroport yo‘li, TATU Samarqand filiali binosi oldida) joylashgan, deyiladi xabarda.

– Mazkur yo‘ldan transport vositalari ko‘p harakatlanadi, shu bilan birga talaba va o‘quvchilar ham o‘qishga borib-kelish uchun shu yo‘ldan o‘tib-qaytadi, – deydi Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xodimi Xurshid Safarov.

– Shu sababli boshqarma tashabbusi bilan bu yerda piyodalar tomonidan boshqariladigan svetofor o‘rnatildi. Joriy yilda shaharning boshqa harakat tig‘iz yo‘llarida ham shunday zamonaviy svetoforlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan, – deydi mas’ul xodim.

O‘QING: Yo‘lda radar bormi? Unda bu haqda Waze orqali xabar bering

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!