Samsung 100 dollarlik yangi smartfon chiqardi!

Samsung 100 dollarlik yangi smartfon chiqardi!

Samsung kompaniyasi Hindistonda yangi smartfon – Galaxy M04 modelini chiqardi. Ushbu boshlang'ich sinf smartfoni 6.5 dyuymli, HD+ rezolyutsiyasidagi PLS LCD displeyga ega. Infinity-V ramka dizaynidagi ekran yuqori markazida 5 MP selfi kamera joylashgan. Smartfonning mayda naqshli orqa tomonida ikkita: asosiysi 13 MP va yana biri 2 MP makro bo'lgan kameralar va LED chirog'i mavjud.

Kapot ostida qurilma Helio P35 chipseti bilan jihozlangan. Uning 4 GB operativ xotirasini 128 gigabaytlik doimiy xotiradan 4 GB "qarzga olish" bilan 8 GB gacha kengaytirish mumkin. Doimiy xotiraning o'zini esa microSD karta bilan 1 terabaytgacha ko'paytirsa bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, smartfon Android 12 operatsion tizimida ishlaydi va u 2 yillik yoxud Android 14 gacha bo'lgan katta dasturiy ta'minot yangilanishlarini qabul qiladi. Garchi smartfonga barmoq izini aniqlash skaneri o'rnatilmagan bo'lsa ham, uni Face ID bilan qulfdan tezkor chiqarish mumkin. Qo'shimchasiga smartfonda 3.5 millimetrli naushnik uyasi saqlab qolingan.

Galaxy M04 smartfoni uchun Hindistonda 8499 rupiya (103 dollar yoxud 1,155,000 so'm atrofida) narx belgilangan va u 16-dekabrdan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung Galaxy A14 5G modelidan nimalarni kutish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!