Samsung 200 megapikselli sensorni taqdim etdi

Samsung 200 megapikselli sensorni taqdim etdi

Samsung kompaniyasi yangi 200 megapikselli ISOCELL HP3 sensorini taqdim etdi. Undagi piksel hajmi 0.57 mikron bo‘lib, bu avvalgi avlod sensorining pikselidan 12% ga kichikroq hisoblanadi. Tasvirlarni joylashtirishning yangi algoritm sabab sensor tezkor avtofokus va yorqin HDR'ni taqdim etdi. 

Yangi sensor ISOCELL HP1 e’lon qilinganidan to‘qqoz oy etib taqdim etildi. Hali 200MP kameraga ega bo‘lgan smarton ishlab chiqarilmagan bo‘lsa-da, texnik jihatdan bu smartfonlar uchun birinchi 200 megapikselli sensor hisoblanadi. 

Samsung sensorning piksel hajmini 0.64 mikrondan kichraytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa sensor hajmini avvalgi avlodnikidan 20% ga kichikroq, aniqroq qilib aytganda, 1/1.4 dyuymga kichrayishiga sabab bo‘lgan. 

To‘rtta pikselning bittaga birlashishi 50 megapikselli surat uchun 1.12 mikron piksellarni qo‘shadi. ultra-qorong‘u suratlar uchun esa sensor 16 pikselni bittaga birlashtiradi, bu esa 12.5 megapikselli suratlar uchun katta hajmdagi 2.24 mikron piksellarni taqdim etadi. 

Samsung shuningdek, Suler-QPD avtofokuslash yechimi bilan maqtana oladi. Barcha piksellar avtofokus imkoniyatlari bilan jihozlangan va har to‘rtta klasterda gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi fazalar farqini aniqlay oladigan bitta linza mavjud. Sensor 8K formatda videoni 30 kadr tezlikda va 4K 120 kadr tezlikda suratga olishi mumkin.

Takomillashgan Smart-ISO Pro funksiyasi endi HDR unumdorligini oshirish uchun uch bosqichli – past, o‘rta va yuqori ISO rejimidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. ISOCELL HP3 tasvirni 4 trillion rangda (14 bit chuqurlikda) taqdim etadi, bu avvalgi HP1 dan 64 baravar ko‘p deganidir. 

Samsung smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ISOCELL HP3 sensorlarini taqdim etishga tayyor va bu yildan sensorni ommaviy ishlab chiqarish boshlanishini kutilmoqda.

O‘QING: Samsung endi Galaxy M13'ning 5G versiyasini taqdim etadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.