Samsung 2017 yildan qayta ishlangan telefonlarni sotadi

Samsung 2017 yildan qayta ishlangan telefonlarni sotadi

Samsung kompaniyasi 2017 yildan boshlab qayta ishlangan telefonlarni sotishni rejalashtirmoqda. Hozircha dastur premium modellarni qamrab olishi aytilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

Ayni paytda dasturda qatnashadigan modellar haqida biror taxmin bildirishga hali erta. Biroq ko‘pchilik nashrlar dastur ilk bosqichda Galaxy Note7S7, va S7 edge modellariga qo‘llanilishini yozishmoqda.

Samsung AQSh va Janubiy Koreyada amal qiladigan “bir yillik yangilash” rejasi asosida foydalanuvchilar tomonidan qaytarilgan smartfonlarni qayta ishlaydi. Qayta ishlash yakuniga yetgach, kompaniya smartfonlarni yana bir marta arzon narx evaziga sotuvga chiqaradi. Albatta, hozircha qayta ishlangan smartfonlarning narxi, sotuvga chiqarilish vaqti xususida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi ishlatilgan smartfonlarning qaysi qismlarini qayta ishlashi to‘g‘risida ham izoh berilmagan. Lekin, odatda, jarayon batareya va korpus o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple bir necha yillardan beri qayta ishlangan qurilmalarni sotishni yo‘lga qo‘ygan. Samsung ham ushbu dastur orqali xitoylik “arzonchi”larga qarshi kurashni maqsad qilgan bo‘lsa, ajab emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!