Samsung allaqachon yangi – hamyonbop Galaxy J6 smartfonini tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  9388
  •  27.02.2018 17:57

Samsung allaqachon yangi – hamyonbop Galaxy J6 smartfonini tayyorlabdi!

Yaqinda janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy J4 smartfoni haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa ushbu ishlab chiqaruvchining Galaxy J6 modeli haqida ham xabar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Hamyonbop Samsung Galaxy J4 (2018) tayyor: xususiyatlari, surati va videosi!

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy A smartfonlar turkumiga mansub yangi avlod qurilmalarini Galaxy A5 2018 yoki A7 2018 deb nomlamasdan, Galaxy A8 va A8+ deb ataganidan xabarimiz bor. Janubiy koreyalik texnogigant endi hamyonbop Galaxy J turkumiga oid navbatdagi modellarining nomlarida ham yangi formatga o‘tayotgan ko‘rinadi.

Geekbench benchmarkida ushbu smartfonsozning Galaxy J6 modelli qurilmasi sinovdan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Uning katalog raqami SM-J600F sifatida ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan.

Samsung Galaxy J6 smartfoni yakka kristalli Samsung Exynos 7870 platformasiga asoslangan. U 1,6 GGs chastotali sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosini o‘z ichiga oladi. Ayni shunday protsessor Galaxy J5 2017 smartfonida qo‘llanayotganiga qaraganda, yangi gadjet Galaxy J5 modelining davomchisi bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, tezkor xotira har ikkalasida ham bir xil – 2 gigabaytlik ekani bu gumonni tasdiqlamoqda.

Galaxy J6 modelida operatsion tizim yangi – Android 8.0 Oreo talqini bo‘ladi. Uning ekrani tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, kamerasi esa kuchliroq bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Taqdimot sanasi va narxi esa hozircha noma’lum.

O‘QING: Plastik kartochkaga olinadigan Samsung smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2018 yil 23 fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.