Samsung Apple’ni smartfon bozoridagi liderlikdan mahrum qildi

Samsung Apple’ni smartfon bozoridagi liderlikdan mahrum qildi

Xalqaro TrendForce marketing tadqiqotlari kompaniyasi 2017 yilning I choragida jahon smartfon bozoridagi holat bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Hisobot «portlaydigan Samsung Galaxy Note 7» degan nom endi odamlar uchun unut bo‘lgani, bu muvaffaqiyatsiz smartfon Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasining smartfon bozoridagi yetakchiligiga jiddiy zarar yetkazmaganini isbotladi.

Umumiy miqyosda 2017 yilning ilk choragida dunyoda 307 million dona “aqlli telefon” sotilgan. Bu 2016 yilning so‘nggi choragiga nisbatan 23 foizga kam degani. Tahlillar bu chorakda jahon miqyosida sotilgan gadjetlarning 26,1% foizi koreyalik IT-gigant hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. 2016 yilning IV choragi bilan solishtirib ko‘rilganida, brendning smartfon savdosining hajmi 7,6%ga oshgan. Bunda aynan Galaxy “J” hamda “S” turkumidagi smartfonlar xizmati yuqori.

Uning ashaddiy raqibi bo‘lmish Apple esa bu chorakdagi natijalari bilan maqtana olmaydi: amerikalik kompaniyaning jahon smartfon bozoridagi ulushi 3,4%ga kamaygan. Shunga qaramasdan, kupertinolik gigantga “pirog”ning salmoqli, ya’ni 16,9% qismi nasib qilgan. Tahlillarga ko‘ra, bu chorakda 43 million dona iPhone sotilgan.

Jahonning eng ko‘p smarfton yetkazib beruvchi kompaniyalari uchligi Huawei bilan yakun topgan. So‘nggi 6 oydan beri xitoylik kompaniya o‘z o‘rnini hech kimga bo‘shatib berayotgani yo‘q. Undan keyingi o‘rinlarni Xitoyning Oppo hamda Vivo smartfon brendlari egallab turibdi. LG bu gal ham smartfon bozoridagi kuchli “6”likdan o‘rin egallagan.

Xiaomi kompaniyasi natijalariga e’tibor qaratsak: kompaniya Xitoy smartfon bozorida 4-o‘rinda turibdi. Mazkur chorakda uning mahalliy bozordagi ulushi 8.1 %ga o‘sgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!