Samsung “aqlli” avtomobilini sinab ko‘rish huquqini oldi

Samsung “aqlli” avtomobilini sinab ko‘rish huquqini oldi

Nihoyat, Samsung’ning ham o‘z-o‘zini boshqaradigan “aqlli” mashinalar yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. To‘g‘ri, bir vaqtlar mashina ishlab chiqarishda ham tajribaga ega kompaniya uchun bu soha yangilik emas. Biroq, Samsung oxirgilardan bo‘lib Koreya Respublikasi hukumatidan o‘zini boshqaradigan avtomobillarni jamoat yo‘llarida sinab ko‘rish uchun ruxsat so‘ragan yirik kompaniya ekani g‘alati.

Janubiy Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vazirligi 1 may kuni kompniyaning so‘roviga rozilik bildirdi. The Korea Herald’ning yozishicha, Samsung avvaliga sinovlarni kuchli sensor va kameralar, shaxsiy dasturiy ta’minot vositalari bilan “qurollangan” Hyundai mashinasida o‘tkazadi.

Hyundai kompaniyasi 2016 yilda Janubiy Koreya yo‘llarida “aqlli” avtomobillarni sinab ko‘rish huquqini qo‘lga kiritgan ilk avtomobilsozdir. Qonunchilikka muvofiq, bunday mashinalar kamida 1 nafar sinovchi-haydovchi bo‘lishini ham talab etiladi. Shuningdek, Koreya qonunchiligida rulsiz va tepkisiz mashinalar uchun maxsus yo‘llarning qurilishi ham nazarda tutilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!