Samsung bilan o‘z kashfiyotlaringga erk ber!

Samsung bilan o‘z kashfiyotlaringga erk ber!

Millionlab foydalanuvchilar istaklari ushalmoqda — Samsung kompaniyasi Theme Park ilovasini taqdim qildi. Bu haqda Reddit va XDA Developers saytlariga tayanib, GSMArena xabar bermoqda.Good Lock ilovalari to‘plami tarkibi sifatida taqdim qilingan Theme Park ("Mavzular bog‘i") ilovasi bilan ekran tasviri asosida yangi mavzu yaratishingiz mumkin.Ilova erkan tasvirining asosiy ranglarini avtomatik ravishda aniqlab, shunga mos yangi mavzu hosil qiladi. Interfeysning turli elementlari uchun turlicha ranglar gammasidan foydalanishingiz va hatto piktogramma ham tanlashingiz mumkin. Didingizdagi natija hosil bo‘lgach, Theme Park yangi mavzuni qurilmangizga joriy qiladi. Ilova One UI interfeysida ishlovchi barcha Samsung qurilmalarida ishlaydi.Good Lock ilovasida ham One UI'ni o‘zingizga moslashtirish uchun bir qator funksiyalar mavjud. LockStar bilan qulf ekrani soati stilini, Task Changer bilan yaqinda foydalanilgan ilovalar oynasini, ClockFace bilan doim yoniq ekran displeyini o‘zingizga moslashtirishingiz, One Hand Operation+ bilan esa ishoraviy boshqaruvlarni amalga oshirishingiz mumkin.Theme Park'dan foydalanish uchun avval Good Lock'ni o‘rnatish kerak. Ilovani Samsung'ning Galaxy Store'idan topish mumkin.E’tibor bering, ushbu ilovalar faqat ma’lum davlatlar foydalanuvchilari uchun mavjud.

O‘QING: Samsung’ning buyuk yolg‘oni: dekabrda chiqayotgan Galaxy S10 Lite – umuman yangi smartfon emas ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!