Samsung buklama smartfonini Galaxy S9 proshivkasi «sotib qo‘ydi»!

  •   DiMaX
  •  597
  •  04.10.2018 11:12

Samsung buklama smartfonini Galaxy S9 proshivkasi «sotib qo‘ydi»!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagmanlari uchun Android 9.0 Pie operatsion tizimiga asoslangan Samsung Experience 10 proshivkasi tayyorlanmoqda. Uni o‘rganib chiqqan dasturchilar proshivkada uchragan qiziqarli ma’lumotni XDA Developers saytida e’lon qilishdi.

O‘QING: Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Proshivkaning chiqish kodida Galaxy S10 flagmanining to‘rtta versiyasidan tashqari, kodli nomi Winner bo‘lgan yana bitta smartfon eslab o‘tilgan. Avvalroq chiqqan xabarlarda mazkur nom Samsung’ning buklama smartfoniga tegishli ekani ma’lum bo‘lgandi.

Galaxy X (yoki Galaxy F) modeli tarzida taqdim etiladigan qayishqoq displeyli buklama smartfon noyabrda taqdim etilishi kutilmoqda. Shunday ekan, uni Galaxy S10 flagmanlari bilan birga sinovdan o‘tkazishayotgani ajablanarli hol emas.

Proshivka kodida yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 8150 protsessori xususida ham eslatma mavjud. Kuzatuvchilar ishonch bilan ta’kidlashlaricha, Snapdragon 845 chipining keyingi avlodi kutilganidek Snapdragon 855 emas, balki aynan Snapdragon 8150 nomi bilan taqdim etiladi. U beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlovchi Snapdragon X50 modemini ham o‘z ichiga oladi.

O‘QING:  Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.