Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

  •   DiMaX
  •  2020
  •  18.06.2020 09:42

Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

Janubiy koreyalik gigant arzon turkumga mansub Galaxy M41 smartfonida o‘zining emas, balki CSOT (China Star Optoelectronics Technology) kompaniyasining ekranlarini qo‘llamoqchi edi. Biroq mazkur OLED-penellarning sifati Samsung muhandislariga yoqmadi.

O‘QING: Samsung Upgrade dasturi: Galaxy smartfonlarini endi har yili yarim narxida olish mumkin! (+video)

The Elec nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Samsung shu sababli Galaxy M41 modelining o‘zidan voz kechib qo‘yaqolgan. Ya’ni, kompaniya uni umuman bozorga chiqarmaydi, uning o‘rniga keyinroq Galaxy M51 smartfonini namoyish qiladi.

Samsung Galaxy M51 haqida avval ham yozganmiz – kompaniya unda o‘zining OLED-displeyini ishlatadi. Qurilmaning «elektron yuragi» tarzida Snapdragon 662/675 yoki yanada kuchli Snapdragon 720 protsessori qo‘llanadi.

Kompaniya bu smartfonini 8/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira hamda Android 10 asosida tayyorlangan One UI 2.0 bilan ta’minlaydi. Galaxy M51 bosh kamerasining asosiy moduli esa 64 megapiksellik ISOCELL Bright GW1 sensori bo‘ladi.

O‘QING: Samsung ikkita arzon smartfonini taqdimotdan avval Geekbench’da sinab ko‘rdi