Samsung chiqarib ulgurmagan Galaxy A82 ilk anboksing videoda!

  •   DiMaX
  •  2452
  •  08.04.2021 17:03

Samsung chiqarib ulgurmagan Galaxy A82 ilk anboksing videoda!

Janubiy koreyalik gigant kuni kecha o‘zining Galaxy F02s hamda Galaxy F12s rusumli smartfonlarini namoyish qildi. Aslida bular tegishlicha Galaxy A02s (Galaxy M02s) va Galaxy A12 (Galaxy M12) qurilmalarining qayta nomlangan klonlaridir.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Samsung endi o‘rta narx toifasiga mansub yana bir – Galaxy A82 smartfonini tayyorlayotgani haqida avvalroq yozgan edik. Kompaniya hali uni rasman namoyish etgani yo‘q, ammo UBXTech nomli YouTube-kanal allaqachon uning birinchi anboksing videosini e’lon qildi.

Videolavhada Galaxy A82 modelining asosiy texnik xususiyatlari ham aytib o‘tilgan. Ushbu qurilma diagonaliga 6,7 dyuymlik, FullHD+ formatli Super AMOLED ekranga ega. Uning tirqishiga 32 megapiksellik old kamera joylangan. Smartfonning bosh kamerasi esa 64 + 12 + 8 megapiksellik sensorlarni o‘zida jamlagan.

Samsung mazkur mahsulotini Snapdragon 855+ protsessori bazasida tayyorlagan va 5/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira bilan ta’minlagan. Unga qadoqdanoq Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobig‘i o‘rnatilgan.

Galaxy A82 orqa paneli plastikdan ishlangan, 5000 mA/soatlik akkumulyatori 15 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Manbaga ko‘ra, bu smartfon aprelning oxirida taqdim qilinadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz