Samsung`dan “buklama” flagman

Samsung`dan “buklama” flagman

Samsung kompaniyasi muxlislarini bu yil yangiliklar bilan obdon “siylayapti”. Koreys brendi 2015 yilning o‘zida Galaxy S6 va S6 edge, so‘ngra oynali va metall Note 5 va S6 edge+ smartfonlarini taqdim etdi. Shu kunlarda esa internet tarmoqlarida kompaniyaning bu yilgi avlod smartfonlariga o‘xshash, biroq “buklama”(raskladushka) tipidagi qurilmaning rasmlari tarqadi.

Xitoyning TENAA agentligida Samsung kompaniyasining SM-W2016 smartfoni paydo bo‘ldi. Gadjet tashqi ko‘rinishi aynan koreys flagmanini yodga soladi.

Texnik tavsifi ham o‘xshash: 64-bit sakkiz yadroli protsessor Exynos 7420, 3 GB tezkor xotira qurilmasi va 64 GB doimiy xotira. Asosiy kamera 16-megapiksel va 5-megapiksel frontal kamera.

Shuningdek, 1280x786 piksel o‘lchamga ega 3,9-dyuym ekran. Smartfon Android 5.1.1 Lollipop asosida ishlaydi. Apparatga raqamli klaviatura bloki o‘rnatilgan. Umumiy og‘irligi— 204 gramm, umumiy o‘lsami 120,4x61x15,1 mm.

SM-W2016 smartfoning anons vaqti va taxminiy narxi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Biroq texnik tavsifiga ko‘ra, arzon bo‘lmasligi ayon. Osiyo bozorlarida bunday turdagi smartfonlarga qiziqish bor, biroq Yevropa, AQSh va Rossiyada bu kabi qurilmalar allaqachon ishlatilmaydi. Shuni inobatga olganda, u butun dunyo bo‘ylab sotilmasligi ham mumkin.            

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!