Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi!

  •   DiMaX
  •  2006
  •  16.09.2019 15:28

Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi!

Rossiya Federatsiyasining «Roskachestvo» tashkiloti kechagina e’lon qilgan reytingga ko‘ra, yangi smartfonlar orasida Galaxy Note 10 Plus modeli eng zo‘ri ekan. Umuman shu paytgacha bozorga chiqqan telefonlar borasida ham Samsung’ning yana bir flagmani – Galaxy S10 Plus (sotib olish) yetakchi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz yettinchi hafta)

Lekin nufuzli insayder Evan Blass (@evleaks) ta’kidlashicha, ushbu ikki flagman o‘z turkumlarining so‘nggi vakillari bo‘lib qolishi mumkin. Zero, kompaniya rebrending qilib, Galaxy S hamda Galaxy Note turkumlarini tugatish niyatida. Yaqin kelajakda ular bitta yangi turkumga birlashtirilishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, 2020 yilning fevralidayoq Galaxy S11 o‘rniga Galaxy One rusumli smartfon taqdim etiladi. Samsung’ning stilusga ega yangi smartfoni esa Galaxy One S-Pen deb nomlanishi kutilmoqda.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting. Samsung’ning hozirgacha bozorga chiqarilgan har xil telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!