Samsung endi kamerasi ekran ostiga joylangan smartfon tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  896
  •  19.10.2018 11:19

Samsung endi kamerasi ekran ostiga joylangan smartfon tayyorlamoqda

Keyingi yillarda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xitoylik smartfonsozlar ilgarilab ketgani rost. Jumladan, barmoq izi skanerini displeyning o‘ziga joylashda Vivo birinchi bo‘lgan va bu yechimni endi boshqa kompaniyalar ham qo‘llamoqda.

O‘QING: Daktiloskopik sensorli ekranga ega eng arzon smartfon – OPPO K1 taqdim etildi!

Yetakchi smartfonsoz Samsung esa o‘zining navbatdagi telefonlari uchun boshqa bir texnologiya ustida ishlamoqda. Bu yerda gap ekranning ostiga joylashtirilgan old kamera haqida ketayotir. Bunda ekranning o‘zi «tirqish»li yoki «kemtik»li emas, balki butun bo‘ladi. Displey ostidagi kamera ish holatidan boshqa paytlarda ko‘rinmasdan turadi, uning ustida odatdagi kontent aks etadi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Samsung allaqachon ushbu texnologiyaga ega bo‘lgan bir nechta prototiplarni sinab ko‘rmoqda. Ammo bunday smartfonlar hali 2020 yilga boribgina bozorga taqdim etilishi mumkin.

Hozirgacha sotuvga chiqqan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!