Samsung flagmanlariga barqaror One UI 3.0 proshivkasining jo‘natilishiga oz qoldi

Samsung flagmanlariga barqaror One UI 3.0 proshivkasining jo‘natilishiga oz qoldi

Galaxy Note20 va Galaxy Note20 Ultra smartfonlari uchun One UI 3.0 beta dasturi o‘tgan oy ochilgan edi. GSMArena'ning qator manbalarga tayanib xabar berishicha, ushbu dastur bugun Janubiy Koreyada yopildi, bu esa barqaror One UI 3.0 proshivkasining jo‘natilishiga juda oz fursat qolganini bildiradi.

Biroq, boshqa mamlakatlardagi Note20 foydalanuvchilari hozir ham beta yangilanishlarini qabul qilishlari mumkin, sababi dastur Janubiy Koreyadan tashqarida rasman yopilganicha yo‘q.

Galaxy S20 lineykasi flagmanlari uchun One UI 3.0 beta dasturi bir qator davlatlarda hali ham davom etmoqda. Proshivkaning barqaror talqini qachon jo‘natilishi hozircha noma’lum bo‘lsa-da, Samsung'ning forum moderatorlari eng so‘nggi beta apdeyt barqaror proshivkaga juda o‘xshashligini ma’lum qildi. Bundan chiqdi, S20'lar uchun beta dastur ham tez orada yopilishi mumkin.

O‘QING: 6.5" ekran, 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy A12 va A02s'lar taqdim qilindi