Samsung Galaxy A turkumida yangi – A10, A30, A50, A70 va A90 smartfonlari chiqadi!

  •   DiMaX
  •  5324
  •  23.07.2018 12:08

Samsung Galaxy A turkumida yangi – A10, A30, A50, A70 va A90 smartfonlari chiqadi!

Taniqli smartfonsoz o‘zining eng ommabop va xaridorgir telefonlar turkumi – Galaxy A modellarining nomlanishiga o‘zgarish kiritmoqda. U tegishli savdo belgilarini allaqachon Yevropada va Janubiy Koreyada ro‘yxatdan o‘tkazishga ham ulgurgan.

O‘QING: Samsung’ning o‘rta narxli smartfonlarida ham skanerli ekran bo‘ladi

Xorijiy nashrlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Samsung’ning Galaxy A turkumidagi modellari nomlarida endi bitta emas, balki ikkitadan raqam bo‘ladi.

Ya’ni, yangi avlod Galaxy A-series modellari nomlariga bittadan nol qo‘shiladi. Shu tariqa, Galaxy A3 endi Galaxy A30 deb, Galaxy A7 esa – Galaxy A70 deb ataladi. Qizig‘i shundaki, bunday nomlashni xitoylik texnogigant boshlab bergandi: uning Huawei P10 modelidan keyingi flagmani P11 emas, balki P20 deb atalgan.

O‘QING: Samsung taniqli smartfon turkumini "o‘ldirmoqchi"

Samsung patent hujjatlarida qayd etilishicha, yangi nomlar «smartfonlar, mobil telefonlar, planshetlar» uchun qo‘llanadi.

Lekin yuqoridagi ro‘yxatda amaldagi Galaxy A6 hamda Galaxy A8 modellarining ekvivalentlari yo‘qligi g‘alati. Ehtimol, tegishli Galaxy A60 hamda A80 savdo belgilari keyinroq ro‘yxatga olinar.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlarining chegirmali narxlari (2018 yil 16 iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!