Samsung Galaxy A33 rasman taqdim qilindi

Samsung Galaxy A33 rasman taqdim qilindi

Kecha, Samsung o‘zining yangi avlod Galaxy A seriyasidagi smartfonlarini "Awesome Galaxy A" tadbirida taqdim qildi. Vanihoyat bir necha oylik mish-mishlar va ma’lumotlar tarqatilishadan so‘ng, Samsung Galaxy A33 o‘rta byudejtli smartfoni taqdim qilindi.

Shunday qilib, Galaxy A33 ajoyib smartfoni 6.4 dyuymli, 90Hz yangilanish tezligidagi Full HD+ Super AMOLED ekranga ega va u Corning® Gorilla® Glass 5 bilan himoyalangan. Infinity-U ramka dizayni bilan, displeyning yuqori markazida tomchi shaklidagi, ikki karra ko‘proq fokus uzunligiga ega 13 MP old kamerasi mavjud. Og‘irligi 186 grammli smartfon uzunligi 159.7, kengligi 74.0, qalinligi esa 8.1 millimeterni tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi Galaxy A seriyasidagi smartfonlaridagi orqa kamera joylashuvi, bu yilgi yangi avlod Galaxy A modellarida ham saqlab qolingan. Yuqori sifatli video va suratlar uchun A33 orqa tomondan 48 megapikselli sensor bilan ta’minlangan. Shuningdek, asosiy kamera sensori video va surat barqarorligini ushlab turuvchi rivojlangan OIS va VDIS texnologiyasi bilan ta’minlangan va bu garchi qo‘lingiz qimirlab turgan bo‘lsa ham surat yoki videolaringiz yanada ravon olish imkonini beradi. Shuningdek, smartfon 8 MP ultra-keng, 2 MP chuqurlik linzasi va 5 MP makro kameralari bilan keladi.

Mutlaqo yangi 5 nanometerli Octa-Core protsessor sun’iy intellekt yordamida past yorug‘likda ham kam shovqinli, yoruq suratlar olish imkoniyatini yaratadi. Operativ xotirasi 6 yoki 8 GB, doimiy xotirasi esa 128/256 GB bo‘ladi va yana 1 terabaytgacha microSD karta qo‘shish mumkin. Galaxy A33 5G tarmog‘ida va Android 12 operatsion tizimiga asoslangan so‘nggi versiyadagi OneUI 4.1 da ishlaydi.

Birgina to‘liq quvvatlash bilan ikki kunga yetishi aytilayotgan 5,000 mAh batareya 25W super tezlikda quvvatlana oladi. IP67 sertifikati bilan smartfon suv va chidamli deb topilgan. Galaxy A33 naushnik uchun uyaga ega emas va smartfon qutisida quvvatlovchi adapter ham bo‘lmaydi.

Samsung Galaxy A33 oq, qora, havorang va shaftoli ranglarda 22 apreldan do‘kon rastalariga 369 yevro narxda chiqarilishi aytildi.

O‘QING: Android 13 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!