Samsung Galaxy A34 renderlari tarqaldi

Samsung Galaxy A34 renderlari tarqaldi

Bir necha hafta avval Internetda bo'lajak Samsung Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda tarqatilgan edi. Bugun esa undan bir pog'ona pastki model – Galaxy A34 ham sifatli renderlarda paydo bo'ldi.

Galaxy A34 dizayni ham A54'nikiga juda o'xshaydi va albatta bu ajablanarli emas, chunki kompaniya o'zining o‘rta sinf smartfonlarini bir-biriga o'xshash dizaynda chiqaradi. Biroq, odatda Galaxy A3x smartfonlari Galaxy A5x smartfonlaridan kamera oroli dizayni bilan farq qilib turar edi, lekin yangi renderlar bu an'anaga yakun yasalganini tasdiqlaydi yoxud smartfonlar endi orqa tomonda bir xil ko'rinishga ega.

Suratlardan ko'rish mumkinki, Galaxy A34 ham uchlik kameraga ega va ularning har bir smartfondan alohida bo'rtib chiqib turadi yoxud shu yilgi model kabi ularni o'rab turadigan orol mavjud emas. Aytish kerakki, bunday dizayn Galaxy A3x smartfonlariga begona emas yoxud Galaxy A32 deyarli mana shunday ko'rinishga ega edi. Faqat unda kameralar to'rtta bo'lgan. Galaxy A34 esa A54 kabi uchta kameraga ega bo'ladi.

Old tomonga bir qarashda ekran ramkalari sezilarli darajada qalin ekanligini ko'rish mumkin. Ehtimol, kompaniya Galaxy A34 o'zidan yuqori modellardan shunisi bilan ajralib turishini xohlagan ko'rinadi. Biroq, bu rasmiy ma'lumot emasligini hisobga olgan o'zimizni tinchlantirishimiz mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Galaxy A34 smartfoni 161.3 x 77.7 x 8.2 mm o'lchamda bo'ladi, Uning 6.5 dyuymli ekrani har doimgidek Infinity-U dizaynida. Qolaversa, smartofn 3.5 millimetrli naushnik uyasini saqlab qolishi, yon tugmaga integratsiyalashtirilgan barmoq izini aniqlash skaneriga ega bo'lishi tahmin qilinmoqda.

O'QING: Samsung Galaxy S23 smartfonlari sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega bo'ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!