Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

Bo‘limlar:
1. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kirish

2. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

3. Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

4. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

5. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Galaxy A51 qadoqdanoq Android 10 asosidagi One UI 2.0 qobig‘ida ishlovchi ilk smartfonlardandir.Qizig‘i, qayrilma ekranga ega bo‘lmagan A51'da Edge ekran funksiyasi bor. Avvallari faqat flagmanlarda mavjud bo‘lgan ushbu funksiya endi qayrilmagan ekranli o‘rta toifa modellarga ham joriy qilinmoqda. Bir necha yil oldin taqdim qilingan va anchayin ommalshgan Edge paneli bir svayp bilan tanlangan ilovalar va boshqa funksiyalarga tezkor kirish imkonini beradi. Oyna ekranning qaysi qismiga joylashishini tanlashingiz va pozitsiyasini ham belgilashingiz mumkin. Edge ekrani sub-menyusida Edge yoritilishi funksiyasi ham mavjud bo‘lib, bu bilan bildirishnomalar kelganda ekranning yon tomoni yonishini belgilab qo‘yishingiz mumkin.Galaxy A51'ga joriy qilingan boshqa jihatlardan yana biri Qora fon rejimidir. Ishga tushirilganda ushbu rejim interfeys elementlarini qora va to‘q kulrang rangga o‘tkazadi, qo‘llab-quvvatlanuvchi (tizim va Google) ilovalarda fonni to‘q rangga o‘zgartiradi.

Qahramonimiz biometrik ma’lumotlardan barmoq izi va yuzni tanish xususiyatiga ega. Ekran ostiga joylangan barmoq izi skaneridan foydalnishda hech qanday muammo kuzatilmaydi.Samsung'ning flagmanlarga o‘rnatiluvchi ultratovushli barmoq izi skanerilariga o‘xshovchi ushbu datchik hozirda mavjud eng tezkori emasligini tan olish kerak; skaner optik sensorlar kabi barmog‘ingizni qo‘yishingiz bilanoq qulf ekranini ochmasligi mumkin, lekin nolishga ham unchalik hojat yo‘q.

Bundan boshqa jihatlari borasida Galaxy A51'ning One UI'ini maqtashdan boshqa iloj yo‘q. Interfeys elementlarining pastga ko‘chirilgani ham foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.

Galaxy A51 Exynos 9611 chipida ishlaydi. Qiyos uchun, A50'ga 9610 o‘rnatilgandi. Ushbu Exynos 10 nanometrli protsess asosiga qurilgan bo‘lib, sakkizta yadroli CPU'dan iborat. CPU odatiy 2x4 konfiguratiyasidan tarkib topgan bo‘lib, 4 ta 2.3GHz'lik Cortex A73 yadrosi va yana 4 ta 1.7GHz chastotali Cortex-A53 yadrolaridan tuzilgan. Grafik protsessori esa G72 MP3. Operativ va doimiy xotira variantlari ham bor — 4/64GB, 4/128GB va 6/128GB; ushbu tavsifimizdagi sinovlarda 4/128GB xotira sig‘imli modeldan foydalanilgan.

Benchmark sinovlaridan Galaxy A51 o‘z narx toifasidagi boshqa qurilmalar darajasida emasligi ayon bo‘ldi. CPU yoki GPU borasida bo‘ladimi, Realme X2 va Xiaomi Mi 9T'larning Snapdragon 730 SoC'i Exynos'dan anchayin kuchli bo‘lib chiqdi. Asosiy protsessorining ishlashi borasida Galaxy A51 Nokia 7.2 bilan bir xil pog‘onada, lekin grafika borasida Nokia'ning anchayin eski Snapdragon 660 chipi Galaxy'ni ortda qoldirmoqda.Keyingi sahifa: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Xulosa

8балл

Умумий баҳо

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!