Samsung Galaxy A52 5G Geekbench'da paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy A52 5G Geekbench'da paydo bo‘ldi

2019-yil dekabr oyida taqdim qilingan Samsung Galaxy A51 smartfoni 2020-yilning eng ommabop smartfonlaridan bo‘ldi. Samsung joriy yilning aprel oyida smartfonning 5G versiyasini ham taqdim qilgan.

Endi esa, Qualcomm'ning Snapdragon 750G chipida ishlovchi va 6GB tezkor xotiraga ega Samsung Galaxy A52 5G haqida ilk yirik ma’lumotga ega bo‘ldik.

Geekbench benchmarkida sinovdan o‘tkazilgan qurilmaning SM-A526B model raqamiga ega ekanini va yakka yadro sinovda 298, bir necha yadro sinovida esa 1,001 ball to‘plaganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash kerakki, bu har ikki ko‘rsatkich Galaxy A51 5G'nikidan sezilarli darajada past. Galaxy A51 5G yakka yadro sinovida 700, bir necha yadro sinovida esa 1,800 ball yig‘gandi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, hozirda biz ko‘rib turgan A52 ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi model bo‘lishi ehtimoli bor.

Geekbench natijalar oynasida Galaxy A52 5G modeli Android 11'da ishlashi ko‘rsatilgan.

O‘QING: Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni