Samsung Galaxy A70'ga dastur yangilanishi kelishni boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Samsung Galaxy A70'ga dastur yangilanishi kelishni boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Samsung Galaxy A70 smartfoni kompaniyaning o‘rta toifadagi eng yaxshi qurilmalaridan biri hisoblandi. Kompaniya unga kameradagi yaxshilanishlar, oshirilgan xavfsizlik va Type-C quloqchinlar qo‘llab-quvvatlanishidan iborat dastur yangilanishi jo‘natishni boshladi.A705GMDDU3ASI2 versiyali yangilanish 648 MB hajmli bo‘lib, bir qator davlatlardagi foydalanuvchilarga jo‘natila boshladi.

Samsung qurilmaning ekranosti barmoq izi skaneri ishlashini yaxshilagan, endi u nisbatan barqaror ishlashi kerak. Kamera sifati oshirilgan va umumiy barqarorlik muammolari ham sozlangan.

Yangilanish bilan keluvchi eng e’tiborli o‘zgarishlardan biri Type-C quloqchinlarning qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lib, endi ham 3.5 mm audio jekdan, ham Type-C portdan audio tinglash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, smartfonning xavfsizlik darajasi ham sentyabr oyigacha oshiriladi.

Afsuski, Samsung oxirgi paytda chiqarib olgan "qilig‘"ini A70'da ham qo‘llagan. Yangilanishdan so‘ng qurilmada Booking va Snapchat uchinchi tomon ilovalari paydo bo‘lib qoladi. Lekin ularni o‘chirib yuborish muammo emas.

Dastur yangilanishi bir necha hafta ichida bosqichma-bosqich butun dunyodagi foydalanuvchilarga yuboriladi.

O‘QING: Samsung eng ixcham va arzon Galaxy A smartfonini tayyorlayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!