Samsung Galaxy A90 5G haqida yangi ma’lumotlar bilan tanishing!

Samsung Galaxy A90 5G haqida yangi ma’lumotlar bilan tanishing!

Bir necha kun ilgari Samsung Galaxy A90 5G'ning promo posterini ko‘rgan edik. Endi esa smartfonning qadoq qutisi tasviri ham ochiqlandi va bu hozirga qadar devays haqida eng ko‘p ma’lumot bergan manba bo‘lib turibdi.

Qutida qurilmaning asosiy texnik jihatlari: 6GB operativ xotira, 128GB doimiy xotira, sakkiz yadroli protsessor (katta ehtimol bilan Snapdragon 855) kabilar ko‘rsatilgan.

Smartfon 170.3 mm (6.7 dyuym) diagonalli FullHD+ Infinity-U Super AMOLED displeyga ega bo‘ladi.

Selfi kamerasi 32 megapikselli bo‘lsa, uchta ob’yektivli orqa kamera jamlanmasi 48, 5 va 8 megapikselli datchiklardan iborat bo‘lishini ham qadoqdan ko‘rish mumkin.

Afsuski, bular qatorida akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot mavjud emas. Biroq devays 25 vattli tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Galaxy A90 5G'ning promo posteri

 

Samsung'ning o‘zi Galaxy A90 5G haqida hali lom-lim deganicha yo‘q, biroq koreys texnogiganti taqdimot marosimini uzoqqa cho‘zmasligini kutib qolamiz.

O‘QING: Samsung'dagilar Galaxy A91'da 45 vattli quvvatlash texnologiyasi bo‘lishini tasdiqladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.