Samsung Galaxy A9S va Galaxy A6S smartfonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar

  •   Saroy
  •  3085
  •  22.10.2018 16:24

Samsung Galaxy A9S va Galaxy A6S smartfonlari haqida qiziqarli  ma’lumotlar

Xitoyning mashhur  @MMDDJ_  insayderi hali ma’lum qilinmagan Samsung Galaxy A9S va Galaxy A6S smartfonlarining taqdimot sanasi hamda narxi haqida ma’lum qildi.

Manba aytilishicha, 24 oktyabrda Xitoyda katta tadbir o‘tkaziladi. Unda yangi   Galaxy A9S va  Galaxy A6S  modellari namoyish qilinishi kerak. Smartfonlarning birinchisi to‘rtta asosiy ekranga ega bo‘ladi, ikkinchi smartfonda kamera ikkita bo‘lgan. Ikkala qurilma ham ekran ostida barmoq izlari skaneri hamda Android Oreo tizimi bilan ta’minlanadi.   Samsung Galaxy A6S  6 gigabaytli OZU bilan 317 dollar turadi. Shu hajmdagi tezkor xotirasi bor  Galaxy A9S esa 505 dollarga baholangan. Qurilmalar haqida boshqa xabarlar hozircha yo‘q. Avval boshda, ushbu smartfonlar 11 oktyabrda taqdim etilishi kerak edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra keyinga surildi.

O‘QING:Samsung Galaxy Note 10 haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

Samsung Galaxy A9s metalli romi bilan shishali korpusga ega bo‘ladi. Keng formatli 6.28-dyuymli AMOLED-displeyi Full HD+ (2200×1080 pikselli) hamda  Snapdragon 660 protsessori qurilmaning imkoniyatlari haqida yaxshi tasavvur uyg‘otadi. Qurilmaning batareyasi 3720 mAch va u  Android 8.1 Oreo tizimida ishlaydi. To‘rtta smartfonning birinchisi  24 Mp bo‘lib, optik stabilizatsiyasi va f/1.7 diafragma bilan qo‘llab quvvatlangan. Ikkinchi moduli  5 Mp bo‘lib, u chuqurlashtirilgan va f/2.2 diafragma bilan ta’minlangan. Uchinchi  modul  kengformatli (120°)  8 Mp va f/2.4. Va nihoyat oxirgi, to‘rtinchi modul teleob’yektivli,   f/2.4 diafragmali 10 Mp formatiga ega qurilma. Uning optik zumi ikki barobarga oshirilgan.

O‘QING:Samsung hali taqdim etmagan Galaxy A6S (Phoenix) smartfonini yoqiq holda «jonli» tomosha qilamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.