Samsung Galaxy’da qayta tiklanish rejimiga (Recovery Mode) qanday kirish mumkin?

  •   Saroy
  •  1981
  •  17.05.2018 18:06

Samsung Galaxy’da qayta tiklanish rejimiga (Recovery Mode) qanday kirish mumkin?

Android’da qayta tiklanish (rekaveri) o‘zida rasmiy yashirin menyuga ega bo‘lib, barcha Samsung Galaxy telefonida mavjud.

U ma’lumotlarni o‘chirish, sozlagichni boshlang‘ich holatga keltirish, tizimli bo‘limlarni formatlash, kastomli yadro, yangi proshivka o‘rnatish va boshqa ko‘plab ishlarni bajarish uchun juda qulay asbob hisoblanadi va smartfoningiz hamda uning tizimini ancha yaxshilaydi.

Rekaveri rejimi boshlang‘ich (stokoviy rejim) yoki kastomli bo‘lishi mumkin. Rekaverining boshlang‘ich rejimi  (Stock Recovery Mode), bu birinchi va o‘ziga xos variant hisoblanib, dastavval smartfonga o‘rnatiladi va telefonni sotib olganingizdan keyin eng birinchi aynan, u bilan ishlashingiz mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy yoqilmay qolgan holatda nimalar qilish mumkin!

Bu rejim boshlang‘ich holatda turgan yoki rutovat qilingan smartfonlarda ishlaydi, faqat kastomli proshivka bilan proshivkalangan Galaxy-smartfonlarida emas. Kastom rejimli rekaveri (Custom Recovery Mode)ni faqat smartfonda root-huquq olganingizdan keyingina o‘rnatishingiz mumkin.

Galaxy-smartfonlar uchun ikkita eng ommaviy foydalanish rekaverisi mavjud, bular:  ClockworkMod – CWM va TWRP – Team Win Recovery Project. Ularning ikkalasi ham imkoniyatlari nuqtai-nazaridan olib qaraganda, bir-biriga juda o‘xshaydi va siz ularning istalganidan foydalansangiz bo‘ladi.

O‘QING: Samsung smartfonlariga Android Oreo taqdim etilish sanasi ma’lum qilindi

Quyida siz, Samsung Galaxy smartfoniga stok/CWM/TWRP rekaveri rejimini qanday yuklab olishni bilib olasiz:

 Qurilmani butunlay o‘chiring. Ovozni ko‘paytirgich tugmasini, Home tugmasini va yoqish tugmasini bir vaqtda bosib ushlab turing.

Smartfoningiz yoqilganda va siz stokovogo/CWM/TWRP rekaveri logotipini ko‘rganingizda tugmalarni qo‘yib yuboring. Tugmalarni qo‘yib yuborganingizdan keyin, rekaveri rejimining asosiy menyusini ko‘rasiz. Kerakli parametrlarini o‘rnatishingiz yoki tizim bilan kerakli harakatlarni bajarishingiz, jumladan kastom va boshqa proshivkalarni o‘rnatishingiz mumkin.

Normal rejimga yuklash uchun, rekaveri rejimining asosiy ekraniga  qaytishingiz va «Reboot system» punktini tanlashingiz kerak bo‘ladi.

Manba: galaxy-droid.ru