Samsung Galaxy F buklama smartfonining batafsil videosi, narxi va boshqa ma’lumotlari!

  •   DiMaX
  •  2453
  •  13.11.2018 11:39

Samsung Galaxy F buklama smartfonining batafsil videosi, narxi va boshqa ma’lumotlari!

Samsung kompaniyasi 7 noyabrdagi Samsung Developer Conference tadbirida o‘zining ilk taxlama smartfonini ko‘rsatdi. Aniqrog‘i – uning bozorga chiqariladigan yakuniy varianti emas, balki prototipini taqdim qildi.

O‘QING: UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Marosimda bu qurilma batafsil ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, Concept Creator dizaynerlari mavjud ma’lumotlar asosida uning konsept videosini tayyorlab, YouTube-kanalda e’lon qilishdi.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Shartli ravishda «Galaxy F» deb nomlanayotgan bu devays haqida yangi ma’lumotlar ham paydo bo‘lgan. Ularga ko‘ra, bu smartfon 2019 yilning mart oyida bozorga chiqadi. Bugina emas – Samsung ushbu modeldan kamida bir milliontani tayyorlayotgani ham aytilgan. Insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, buklama smartfon taxminan 1700 AQSh dollariga narxlanadi.

Samsung’ning dunyo bozoriga chiqarilgan turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.