Samsung Galaxy J4 anonsi: Exynos 7570, 2 GB OZU chipli klassik arzon telefon

  •   Saroy
  •  2752
  •  22.05.2018 13:04

Samsung Galaxy J4 anonsi: Exynos 7570, 2 GB OZU  chipli klassik arzon telefon

Kuni kecha Samsung kompaniyasi GalaxyJ6 va J8 modellaridan tashqari, yana Galaxy J4 arzon smartfonini ham taqdim etdi.

Samsung Galaxy J4  5,5 dyuymdagi oddiy HD-ekranli bo‘ladi, bundan tashqari, unda Exynos 7570  Mali-T720 MP1 grafikasi bilan 4-yadroli chip o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 2, o‘rnatilgan xotirasi 16 gigabaytni tashkil etadi. MicroSD xotira karta va ikki SIM-karta uchun slot ham bor. Asosiy kamera  F/1,9 diafragmali 13 Mp datchiki bilan jihozlangan. Selfi-kamerasi 5 megapiksel va F/2,2 diafragma moduli bilan ta’minlandi. Ikkala kamera ham chaqnoqqa ega. LTE-modulda  yaqinlashish datchiki, akselerometr va 3,5-mm audiokirish mavjud. Barmoq izlari skaneri kiritilmagan. Yechiladigan akkumulyatorning kattaligi — 3000 mAch. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, batareya LTE orqali tarmoqda 13 soatlik serfingni, 80 soat musiqa eshitishni yoki 18 soat rolik ko‘rishni ta’minlaydi. Yangi qurilma OS Android 8.0 Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi. 

Samsung Galaxy J4  ko‘k, qora va tillarangda chiqadi va narxi 185 AQSh dollarga baholangan. Apparat yaqin kunlarda savdoga chiqarilshini aytilayotgan bo‘lsa-da, lekin aniq sanasi ma’lum qilinmagan.

Mutaxassislar yangi qurilmaga narx bo‘yicha Honor 6C Pro, Meizu M6 Note, Meizu M6s, Huawei Y7 2017 va Xiaomi Redmi Note 4 raqobatchi bo‘lishi mumkin, deyishmoqda.

O‘QING:  Hamyonbop Galaxy J6 va J4 smartfonlarining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.