Samsung Galaxy’ning Note 9 smartfoni haqida yangi ma’lumotlar oshkor etildi

  •   Saroy
  •  3438
  •  28.05.2018 17:35

Samsung Galaxy’ning Note 9 smartfoni haqida yangi ma’lumotlar oshkor etildi

Galaxy S9 va Galaxy S9+ ning anonsini o‘tkazgandan keyin Samsung kompaniyasi yana bir yangi fableti – Note 9’ni ham chiqarishga kirishdi. Tarmoqlarda ushbu model haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

 

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Insayderlarning ma’lum qilishicha, Galaxy Note 9 xotira tezligi 8 GB’li va ichki xotirasi 512 GB’li modifikatsiyasida bo‘ladi.

Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, fablet  6.38-dyuymli Super AMOLED-displeyi bilan jihozlanadi. U QHD+ formatda bo‘lib, tomonlar nisbati 18.5 dan 9 dan iborat. Qurilmaning ishlashini Exynos 9810 protsessori (Xitoy va AQSh uchun — Snapdragon 845) ta’minlaydi. Bundan tashqari, smartfon qo‘sh kamerali bo‘ladi, xuddi Galaxy S9+’ ga o‘xshab.

Galaxy Note 9 iyulning oxirlarida yoki avgustning boshlarida taqdim etilishi kutilmoqda .

O‘QING:Samsung va Apple mojarosi bo‘yicha sud: mag‘lub tomon 539 million dollarga tushdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.