Samsung Galaxy Note 20 haqidagi yangi xabarlar bilan tanishing

Samsung Galaxy Note 20 haqidagi yangi xabarlar bilan tanishing

Samsung'ning Galaxy Note 20 lineykasi, ehtimolki, butun dunyodagi muxlislarini intizorlik bilan kuttirmoqda. Galaxy S20 oilasi yangiliklarning asosiy mavuzlaridan biri bo‘lib turgan ayni damda Note 20 haqida ham ilk ma’lumotlar sizdirilishni boshladi. Biz esa ularni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

Kod nomi

Xabaringiz bor, Samsung har bir flagman loyihasiga maxsus kod nom qo‘yadi. Galaxy Note 20'ga «Polotno loyihasi» deb kod nom berilgan va bu qurilma haqida ko‘p ma’lumot beradi. Ma’lumot uchun, polotno musavvirlar rasm chizuvchi mato hisoblanadi. Note10 oilasi vakillarining S Pen stilusi eslatmalar qayd qilish va matn yozish uchun allaqachon anchayin qulay bo‘lsada, kod nomdan tushunilishicha, 2020 yilda ruchka ancha takomillashtiriladi. Taniqli insayder Ice Universe ham Note 20'da yangi xususiyatlar bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Bu funksiyalar ham dasturiy, ham apparat ta’minot borasida bo‘lishini kutsak bo‘ladi.

Yangi Note'lar ham nomida Galaxy S'lar kabi «20» raqamiga ega bo‘ladi: Galaxy Note 20.

Dizayn

Dizayn borasida Galaxy Note 20 Galaxy S20'lar bilan juda o‘xshash bo‘ladi. Qurilmalar ko‘rinishi ushbu maqoladagi renderlar kabi bo‘lishini kutavering.

Kamera & chip

Samsung'ning bir necha yillik an’anasiga ko‘ra, yangi Note'larga Galaxy S20'lardagi kameralar o‘rnatiladi.

Note 20 lineykasiga ham Snapdragon 865/Exynos 990 chipi o‘rnatilib, 5G standarti mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

Portlar

Portlar borasida esa, Samsung microSD karta uyasini qayta joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ammo audio jek qaytarilmasligi aniq.

Biometrik ma’lumot sensorlari

Galaxy S20 modellarida Qualcomm'ning keyingi avlod 3D Sonic Max barmoq izi skaneridan foydalanilmagani ko‘pchilikni hayron qoldirgan edi, sababi smartfonsozlar ushbu datchikdan o‘tgan yilning sentyabaridan beri foydalanib kelishmoqda. Galaxy Note 20'larda ushbu xatolik tuzatiladi va barmoq izini o‘qish yanada tezroq amalga oshiriladi.

Akkumulyator

Note'larda S Pen uchun ajratilgan uya sababli akkumulyator sig‘imi o‘ta katta bo‘lmaydi, lekin Galaxy S20'larning hajmiga yaqin bo‘lishini kutsak bo‘ladi:

Galaxy S20 - 4,000 mA/soat (S10: 3,400 mA/soat)
Galaxy S20+: 4,500 mA/soat (S10+: 4,100 mA/soat)
Galaxy S20 Ultra: 5,000 mA/soat

Quvvatlanishga kelsak, Galaxy S0 va S20+ lar 25 vattda zaryad olsa, S20 Ultra 45 vattda quvvatlanish imkoniga ega. Note 20'da ham xuddi shunday bo‘lishini kutish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. S20'larda simsiz quvvatlash va simsiz quvvat ulashish texnologiyalari takomillashtirilmaganini hisobga olib aytish mumkinki, Note 20'lar ushbu jihatni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Lekin bu borada hozircha bir gap yo‘q.

Narx

Kompaniya o‘zining navbatdagi flagmanlariga qancha narx qo‘yishi hammani eng ko‘p qiziqtiruvchi jihatdir. Samsung'dagilar Galaxy S20 modellari borasida nohaqlik qilib, narxlarni ancha ko‘tardi:

Galaxy S20 - 128GB, $999 dan
Galaxy S20+ - 128GB / 256GB / 512GB, $1 199 dan
Galaxy S20 Ultra - 128GB / 256GB / 512GB, $1 399 dan

S20 lineykasining savdosi qanday bo‘lishi Note 20'lar narxiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar savdolar ko‘ngildagidek ketmasa, Samsung'ning narx qo‘yish borasida ko‘zi ochiladi, aks holda, o‘sha-o‘sha osmon narxlar...

Taqdimot sanasi

Samsung Galaxy Note smartfonlari taqdimot sanasini har yili o‘zgartiradi. Note10'lar 7 avgustda taqdim qilinganligidan kelib chiqib, Note 20 lineykasi ham avgust boshlarida ommaga tanishtirilishini taxmin qilish mumkin. Shunda, Apple o‘zining keyingi avlod iPhone'larini sentyabr o‘rtalarida chiqarishidan oldin Samsung'da Galaxy Note'larni sotish imkoni ko‘proq bo‘ladi.

Xulosa

Galaxy Note 20 flagmanlari dizayni, ishlashi, kamera va narxi borasida Galaxy S20'larga ancha o‘xshash bo‘ladi. Ammo takomillashtirilgan jihatlar (jumladan, displey, biometrik ma’lumotlar sensorlari va S Pen) ham yetarlicha bo‘ladi.

Barcha ma’lumotlarni biz bilan kuzatishda davom eting.

O‘QING: Sportchimisiz? Unda, Samsung sizga sovg‘a beradi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.