Samsung Galaxy Note 20'lar qanday ranglarda bo‘ladi?

Samsung Galaxy Note 20'lar qanday ranglarda bo‘ladi?

Galaxy Note 20+ ning render tasvirlari tarqatib bo‘lindi, endi navbat ranglarga keldi. Ichki manbalardan biriga ko‘ra, Note 20 kulrang, yashil va misranglarda, Note 20+ esa qora va misrangda sotuvga chiqadi.

Bu galgi smartfonlarida Samsung soddaroq va unchalik ham jilvador bo‘lmagan ranglardan foydalanishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Vaholanki, smartfonlar taqdimotidan keyin yana boshqa rang opsiyalari taqdim qilinishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Xabar qilinishicha, flagmanlar misrangi Galaxy Note 9'dagidan farq qiladi. Rangning yangicha ko‘rinishi oltinsimon tusli bo‘ladi.

Yana bir jihatga e’tibor bering. Yuqorida keltirilgan ranglar ranglar palitrasining bir qismi xolos. Kompaniya har ikki qurilmani ham kamida to‘rtta rangda taqdim qilishi mumkin. Qo‘shimcha tafsilotlardan boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Galaxy Note20+ ning akkumulyator sig‘imi va kamera rezolyusiyasi qancha bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!