Samsung Galaxy Note 7’ning surati va o‘lchamlari e’lon qilindi

Samsung Galaxy Note 7’ning surati va o‘lchamlari e’lon qilindi

Shu vaqtga qadar Samsung hamda bir qator smartfonlar to‘g‘risida eksklyuziv materiallar e’lon qilgan jurnalist Shay Mizrachi o‘zining blogida Samsung Galaxy Note turkumining navbatdagi vakili – Samsung Galaxy Note 7’ning surati va o‘lchamlarini e’lon qildi.

Aniq-tiniq ko‘rinib turgan suratlarda jahonning navbatdagi eng innovatsion qurilmasi bo‘lishi kutilayotgan Samsung Galaxy Note 7’ning korpus old panelining ikki yoniga tutash qayrilma ekranga egaligi ko‘rinib turibdi. Korpus orqa paneli ham xuddi shu tarzdagi bukikroq shaklga ega.

Samsung Galaxy Note 7 o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi aytilmoqda: smartfon bo‘yiga 153 mm, eniga 74,5 mm, uning qalinligi 7,8 mm bo‘ladi. Samsung Galaxy Note 5 esa 153,2 x 76,1 x 7,6 mm edi.

Yana bir taniqli samsungshunos Evan Bless Samsung Galaxy Note 7’ning avgust oyining boshida sotuvga chiqishini aytgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.