Samsung Galaxy Note 8: fotogalereya

Samsung Galaxy Note 8: fotogalereya

23 avgust kuni taqdim qilingan Samsung Galaxy Note 8 diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Super AMOLED matritsali  Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. 

O‘ta yupqa romlar bois, barmoq izlari skaneri orqa panelga, kamera yoniga ko‘chgan. Shu bilan birga, bu yerdan ko‘z pardasi skaneri ham  o‘rin olgan.

Galaxy Note 8 sentyabr oyi o‘rtalarida jahon bozoriga "qora brilliant", "sariq topaz" (yaltiroq qimmatbaho tosh), "moviy sapfir" rangli korpuslarda 1,185 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi.

S-pen yordamida smartfonga 100 betgacha hajmda qayd qoldirish mumkin. Hatto, ekran o‘chiq holatda ham qaydlarni yozish mumkin. Shuningdek, Samsung Note 8 foydalanuvchilari uchun maxsu rang-tasvir ilovasi ham taqdim qilinadi.  

Samsung Galaxy Note 8 korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ya’ni uning uchun chang va suv qo‘rqinchli emas. Fablet 1,5 metr suv tubida 30 daqiqa jon saqlay oladi.

 Bu flagmanda ham Always On Display — blokirovka holatida ham vaqt, ogohlantirishlar aks etuvchi funksiya saqlab qolingan.

 Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. Natijada, kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.