Samsung Galaxy Note 8: yanada arzon texnologik Android

Samsung Galaxy Note 8: yanada arzon texnologik Android

2017 yilda taqdim qilingan Samsung Galaxy Note 8 diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Super AMOLED matritsali  Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. 

23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot avvalida Note smartfonlari tarixiga oid bir nechta slayd namoyish qilindi. Ular orasida Galaxy Note 7'ning yo‘qligi barchaning e’tiborini tortdi. Ehtimol. kompaniya unga baxtsizlik keltirgan fabletni esga olgisi yo‘qdir. Balki, uni allaqachon unutishgandir.

Ha! Chindan ham Galaxy Note 7 bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ortidan sodir bo‘lgan omadsizliklardan so‘ng Samsung chinakam imtihon qarshisida edi. Galaxy Note 8 uning uchun tom ma’noda "hayot-mamot masalasi" edi.

Galaxy Note 8 qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan ham diqqatga sazovor. Aksariyat ekspertlarning fikricha, Note 8'ning original jihatlari faqatgina Samsung uchungina yangilik edi.

Misol uchun, qo‘sh ob’yektivli kamera hozir ayfonda ham bor.
Surat yon tomonlarini g‘ira-shira effekti bilan olish ham allaqachon hamyonbop smartfonlarda ham o‘rnatilgan.
Ekranni blokirovkadan chiqarmay turib qayd qoldirish – buni o‘ziga xos g‘oya deyish mumkin.  


Tan olish kerak, Note 8 – bu birmuncha qayta ishlangan va stilusga ega bo‘lgan S8+. Bu smartfonlar o‘rtasidagi farq – vaqt, ya’ni 5 oy xolos! Bu degani Samsung yarim yil ichida qo‘sh kamerani qo‘shish va qalamchani yutishga qodir kattaroq korpus yaratish kabi "mayda" ishlar bilan band bo‘lgan.  

Texnik jihatlar:
Operatsion tizim: Android 7.1.1;
Displey: 6.3 dyuym, 1440x2960 pikselli, SuperAMOLED, 521 ppi, Always On Display, HDR10, yorug‘lik va rangga moslashadigan, 1200 nit ekran;
Chipset: Exynos 8895, 8 yadro (4 yadro 2.35 GGs, 4 yadro 1.9 GGs), 64 bit, 10 nm, ayrim bozorlarda Snapdragon 835;
Tezkor va doimiy xotira: 6 GB (LPDDR4), 64 GB (UFS 2.1, gibrid bo‘lmachaga 256 GB.gacha qo‘shimcha xotira kartasi qo‘yish mumkin;
Sim-karta: 2 ta nanoSIM;
Akkumulyator: Li-Ion 3300 mA soat, simsiz WPC/PMA quvvat texnologiyasi, tezkor quvvatlash - 65 minutda 100 foiz;
Old kamera: 8 megapikselli, avtofokus, f/1.7, 1/3.6;
Bosh kamera: qo‘sh - 12 megapikselli ikki modul. Bosh modul f/1.7, optik barqarorlashtirish, svetodiodli fotochaqnoq, 4K video oladi, multiframe, PDAF, 1/2.55”, ikkinchi modul - telefoto f/2.4, optik barqarorlashtirish, optik yaqinlashtirish - x2, 1/3.6;
Modullar: NFC, MST, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2.4/5GHz), VHT80 MU-MIMO, 1024QAM , Bluetooth® v 5.0 (LE up to 2Mbps), ANT+, USB Type-C, GPS, GLONASS, Galileo;
Barmoq izi skaneri: orqa panelda;
Ko‘z va qiyofa skaneri: old panelda;
Sensorlar: akselerometr, barometr, giroskop, geomagnit datchik, Xoll sensori, yurak urishi datchigi, oraliq-masofa datchigi, RGB yoritish datchigi, qon-bosimi datchigi;
Mos vloqa tarmoqlari: LTE cat.16 (operatorga bog‘liq), LTE FDD band B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B13(700), B17(700), B18(800), B19(800), B20(800), B25(1900), B26(850), B28(700), B32(1500), B66(AWS-3); TDD LTE band B38(2600), B39(1900), B40(2300), B41(2500); TD-SCDMA band B34(2010), B39(1880);
Suvdan himoya: IP68;
S Pen: foydalanuvchi yozuvini tushunadi va shriftga aylantiradi, surat chizib, qaydlar qoldirish mumkin.

O‘lchamlari: 162.5x74.8x8.6 mm, vazni – 195 gramm.

Quyida Galaxy Note 8 fabletini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Fablet turkumi va o‘rni xususida
Note turkumiga kiruvchi fabletlar odatda u qadar ham ko‘p sotilmaydi. Buning sababi quyidagicha: smartfon uchta guruhga mo‘ljallangan. Bular – yirik flagman shaydolari, biznes vakillari hamda smartfonda chizishni xush kruvchilar uchun. Devaysni zamonaviy elektron bloknot deyish mumkin. S Pen yordamida unga surat solish mumkin. Bu ruchka uchun korpusda maxsus joy qoldirilgan.

Yana bir ahamiyatli jihati shuki, smartfon bozorida Note turkumi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat qila oladigan smartfonlar hech qachon bo‘lmagan. Dasturiy ta’minot, platformasi, dizayn va salobati bilan bu fabletlar doimo oldinda bo‘ladi.

Raqib ishlab chiqarishga usta havaskor kompaniyalar ham ko‘p. Biroq stilusli smartfon yaratishning o‘zi kifoya qilmaydi. Odamlar avvalo ilg‘or funksiya hamda sifatli faoliyat uchun pul to‘laydilar.

Note 8 uchun munosib raqib iPhone 7 Plus flagmani ekani ko‘p aytiladi.

Note 8 xaridorlari uchun – bu smartfon keyingi bir necha yillar mobaynida yaqin yordamchi.

Qadoqda nima bor?

Smartfon;

Quvvatlash qurilmasi (tezkor quvvatlash);

USB Type C kabeli;

USB Type C (USB OTG uchun) perexodnigi;

AKG stereogarnitura;

SIM-karta uchun to‘g‘nog‘ich;

Cilikon chexol;

Qo‘llanma.

Qadoqda xaridorga AKG audio quloqchinlari ham qo‘shib beriladi. Samsung ishlab chiqarayotgan bu flagman quloqchinlar sifati juda yuqori, raqiblari deyarli yo‘q.

Dizayndagi o‘ziga xosliklar

Nyu-Yorkda taqdim qilingan 8-avlod Galaxy Note gadjeti diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Galaxy S8 kabi 18.5:9 hajmli ekranga ega bo‘lgan.

Smartfon dizaynini Galaxy S8 flagmanidan olgan: "nihoyasiz" displey yon romlaridan deyarli xoli, shuningdek old panel yuqori va quyi qismlari juda yupqa hoshiya-romlariga ega bo‘lgan. Orqa panel — qayrilma shisha uslubida yaratilgan.

O‘ta yupqa romlar bois, barmoq izlari skaneri orqa panelga, kamera yoniga ko‘chgan. Shu bilan birga, bu yerdan ko‘z pardasi skaneri ham  o‘rin olgan.

Galaxy Note jahon bozoriga "qora brilliant", "sariq topaz" (yaltiroq qimmatbaho tosh), "moviy sapfir" rangli korpuslarda sotuvga chiqarilgan.

S-pen yordamida smartfonga 100 betgacha hajmda qayd qoldirish mumkin. Hatto, ekran o‘chiq holatda ham qaydlarni yozish mumkin. Shuningdek, Samsung Note 8 foydalanuvchilari uchun maxsu rang-tasvir ilovasi ham taqdim qilinadi.  

Bu flagmanda ham Always On Display — blokirovka holatida ham vaqt, ogohlantirishlar aks etuvchi funksiya saqlab qolingan.

Note 8 ulkan ko‘rinsa ham, qo‘lga yaxshi joylashadi. Undan bir qo‘lda ham foydalanish mumkin.

Samsung Galaxy Note 8 korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ya’ni uning uchun chang va suv qo‘rqinchli emas. Fablet 1,5 metr suv tubida 30 daqiqa jon saqlay oladi.

Korpus Corning Gorilla Glass 5 (aynan shu telefon apparati uchun tayyorlangan maxsus shisha) himoya shishasi bilan qoplangan.

Note 8 o‘lchamlari: 162.5 x 74.6 x 8.5 mm

Boshqaruv elementlari deyarli an’anaviy. Bixby tugmasi, shuningdek SIM-kartalar bo‘lmachasining joylashuvi bizga yaxshi tanish.

Apparatda ikkita mikrofon bo‘lib, ular tom qismida joylashgan. Smartfondagi shovqinni kamaytirish tizimi juda yaxshi ishlaydi. Hatto yomg‘ir ostida, shovqin ko‘chada ham suhbatdoshni yaxshi eshita olasiz.

Orqa panelda korpusdan chiqib turgan kamera, uning o‘ng tomonida – yurak urishini o‘lchaydigan datchik mavjud.

Old panelda, ekran yuqorisida esa 8 megapikselli kamera, 3.7 megapikselli IRIS-skaner (ko‘zning rangdor pardasi uchun) hamda IQ-nur moduli majvud. IRIS-skanerning aniqligi va tezkorligi yaxshi.

Ularning yonida yorug‘likni o‘lchaydigan datchik (RGB-sensor) ham bor. Chap tomondagi svetodiodli indikator esa o‘tkazib yuborilgan voqealarni eslatib turadi.
Note 7 uchun foydalanilgan materiallar sifatli. Jumladan, korpus 7000 seriya deyiladigan alyuminiydan tayyorlangan. Natijada, korpus tirnalishlarga chidamli.

Displey
Galaxy Note8 geleksi turkumidagi smartfon modellari orasida eng yirik ekranga ega bo‘lgan — 6,3 dyuym. Bu displey Super AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan va 2960x1440 piksel sig‘imiga ega. Bu flagmanda ham Always On Display — blokirovka holatida ham vaqt, ogohlantirishlar aks etuvchi funksiya saqlab qolingan.

Yirik ekranda S Pen — Note turkumining «fishka»si bo‘lgan "aqlli qalamcha" bilan ishlash oson. S Pen yordamida qaydlarni yozib qoldirish, chizish va smartfonni boshqarish, boshqa amallarni bajarish juda oson.

Ekran aniqligi 2K, ya’ni QuadHD+. Ekran sig‘imini kichraytirish ham mumkin. Natijada, quvvatdan tejash mumkin bo‘ladi.

Ekran turi – SuperAMOLED, hanuz eng yaxshi va so‘nggi avlod texnologiyasi. DisplayMate bu ekranga yuqori baho berishgan.

Note 8 smartfon sanoatida eng yaxshi displeyga ega bo‘lgan. 2018 yilgi flagmanlarning ayrimlari u bilan bellasha oladi, xolos.

Ekranga xos jihatlar:

Maksimal yorug‘lik avtomat rejimda 1200 nitga yetadi!
Always On Display funksiyasi uchun alohida protsessor o‘rnatilgan;

Mobile HDR Premium bor;
sRGB qamrovi 141%;
Tashqi yorug‘likni o‘lchaydigan datchiklar ham old, ham orqa panelga o‘rnatilgan;
HDR10 funksiyai bor.

S8+ hamda Note 8 ekranlaridagi farqni bino ichida sezmaslik mumkin. Biroq, turli vaziyat va sharoitda foydalanilsa, bu farqni anglash mumkin.

Note 8 modelidagi Always On Display rejimi bir sutkada apparatning 200 mA soat tokini iste’mol qiladi.

AOD funksiyasi telefonni qo‘lga olmasdan turib ogohlantirishlar bilan tanishish imkonini beradi.

Platforma va samaradorlik
Fabletga Samsung'ning 8 yadroli Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Protsessorning 4 yadrosining chastota tezligi 2,3 GGs, qolgan 4 yadroniki 1,7 GGs.

AQSh uchun Snapdragon 835 (10 nm) chipiga ega smartfon ishlab chiqariladi. S8/S8+ flagmanlari ham shu protsessorga ega bo‘lgan. Har ikkala chipning imkoniyatlari deyarli teng.
Antutu benchmarkida bu fablet 199.868 ball to‘plagan. Samsung'ning bu yilgi flagmani bo‘lgan Galaxy S9 esa bu benchmarkda 241470 ball to‘plagan. Farq unchalik ham katta emas.

Note 8 ishlashda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Uning interfeysi ham, ilovalari ham tezkor ishlaydi. Displeyning piksellar sig‘imi uning ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Akkumulyator
Li-Ion batareyaning tok sig‘imi 3300 mA soat bo‘lib, fablet ushbu quvvat bilan bir sutka yashay oladi. S8+ flagmani esa 3500 mA soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Shunga qaramasdan har ikkala apparatning to‘la quvvat bilan ishlash davomiyligi bir xil.

S8+ – bir marta quvvat bilan uzoq ishlay olgan flagmanlardan biri. Note 8 ham undan qolishmaydi va simsiz quvvat ham oladi. Tezkor quvvat olish va quvvatni tejash funksiyalari ko‘ngildagidek ishlaydi.

FullHD videoni maksimal yorug‘likda smartfonda 12 soat tomosha qilish mumkin.

Aloqa imkoniyatlari

USB 3.0 (Type C) porti, ilk marotaba tatbiq qilingan Bluetooth 5.0 moduli bilan smartfon o‘ziga xos.

Note 8 hozirda mavjud barcha aloqa texnologiya va tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Wi-Fi standartining yangi algoritmli avlodi fabletda tatbiq qilingan.

Bluetooth 5.0 esa bir vaqtning o‘zida ikkita ovoz uzatgich yoki boshqa qurilmalarni smartfonga ulash imkonini beradi. Misol uchun, bir vaqtning o‘zida ikki musiqani tinglash yoki ham film ko‘rish va ham musiqa tinglash mumkin.

Kamera imkoniyatlari
Samsung Galaxy Note 8 qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan ham diqqatga sazovor.

Aytish joizki, Galaxy Note 8 kompaniyaning ilk qo‘sh sensorlari bosh kameraga ega bo‘lgan smartfoni. Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.  

f/1.7 hajmli yorug‘lik linzalariga ega sensorlar, shuningdek Dual Pixel, optik barqarorlashtirish texnologiyalari bilan ham ta’minlangan. Ularning har biri alohida surat olishi ham mumkin.

Galaxy Note 8 selfi-kamerasi uchun 8 MP sig‘imli, diafragmasi f/1.7 bo‘lgan, avtofokus funksiyasiga ega modul tanlangan.

Galaxy Note 8 kamerasining yana bir ahamiyatli jihati bor -- undagi bosh kameradan o‘rin olgan har ikkala sensor ham suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lgan. Jahondagi biror bir qo‘sh ob’yektivli flagman bugungacha mazkur texnologiyaga ega bo‘lmagan.

Quyida Samsung'ning kenja flagmanida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

DeX dok-stansiyasi
Note 8, S8/S8+ kabi, DeX dok-stansiyasi deb atalgan aksessuar bilan uzviy ishlay oladi. USB-qurilma yordamida unga klaviatura, ekran hamda sichqonchani (USB 2.0) ulash mumkin. Natijada, Note 8 smartfonidan kompyuter sifatida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bixby texnologiyasi
Korpusning o‘ng tomonida joylashgan tugma oriali chaiirish mumkin bщlgan Bixby ovozli yordamchisi, Samsung’ning tasdiqlashicha, virtual yordamchilar orasida “eng aqlli”si ekan. U sizga suhbatdosh, yordamchi hamda kotib bo‘lishi mumkin. Bu funksiya kompaniya tomonidan muntazam ravishda takomillashtirilmoqda.

Taassurot
Ovoz uzatish va signal qabul qilish bo‘yicha umuman e’tiroz yo‘q.

S8+ modelidan fraqi - S Pen borligi, korpus formasi, yirik ekran. Kamera moduli ham nisbatan yangi.

Note 8 – bugungi kungi qimmat flagmanlardan biri. Yaxshi kamera hamda S Pen uchun bu pulni to‘lashga tayyorlar bor.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop UZS 6 122 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!