Samsung Galaxy Note 9 sinovdan o‘tdi, hatto maxsus sertifikat ham oldi

  •   Saroy
  •  1808
  •  02.07.2018 12:48

Samsung Galaxy Note 9 sinovdan o‘tdi, hatto maxsus sertifikat ham oldi

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi Galaxy Note 9 fabletini namoyish qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda yangi qurilmani Xitoyning  3S setifikatsiya byurosida (China Compulsory Certification) payqashgan.

Tabiiyki, sertifikatsiya smartfonning tavsifini to‘liq ochib bermaydi. Faqat shu narsa ma’lumki, yangi apparat SM-N9608 model raqami va quvvati 9V/1.67A va 5V/2A bo‘lgan quvvatlantirgichi – EP-TA200 qurilmasi bilan ko‘rsatilgan. Qiziq tomoni, ushbu quvvatlantirgich unchalik tez hisoblanmaydi.

O‘QING: O‘z smartfoning o‘zingga xoin: Samsung smartfonlari egalarini sotmoqda

Mish-mishlarga qaraganda, smartfon 6.3-dyuymli Super AMOLED-displey bilan ta’minlanadi. Displey QHD+ formatda bo‘lib, tomonlar  nisbati 18.5:9.  Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 (bozoriga qarab) protsessorlari  yangi smartfonning yuragi bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, smartfon  6/8 GB OZU, 128/256/512 GB PZU, o‘zgaruvchan diafragmali asosiy qo‘sh kamera (xuddi Galaxy S9 dagiga o‘xshab) bilan jihozlanadi. Batareyasi ham  sig‘imi  4000 mAch ga kengaytirilganidan bo‘ladi. Qolaversa, yangi qurilma ovozli Bixby 2.0 assistenti uchun alohida tugmacha hamda S Pen stilusi bilan ham ta’minlanadi. Bu, qurilma tarixidagi eng yirik yangilanishdir.

O‘QING: Apple va Samsung: nihoyat yarashishga qaror qilishdi

Galaxy Note 9  to‘qqizinchi avgustda Nyu-Yorkda namoyish etiladi. Shunday gaplar ham tarqalganki, ushbu  tadbirda yangi smartfon bilan birga, kompaniyaning anchadan buyon kutilayotgan Gear S4 aqlli soati ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.