Samsung Galaxy S seriyasidagi barcha smartfonlar reklamalari – bitta videoda!

  •   DiMaX
  •  2500
  •  15.09.2017 12:29

Samsung Galaxy S seriyasidagi barcha smartfonlar reklamalari – bitta videoda!

2010 yildan buyon Janubiy Koreyalik gigant smartfonsoz kompaniya Galaxy S turkumiga mansub smartfonlari bilan dunyoni hayratga solib kelmoqda.

Ushbu qurilmalar – Android-smartfonlar olamidagi eng jozibali va eng ko‘p muhokama qilinadiganlaridandir. Tabiiyki, o‘z mahsulotlarini ommalashtirish va savdosini kuchaytirish uchun Samsung reklamalarga jiddiy e’tibor beradi. Shu jumladan, Galaxy S turkumidagi smartfonlari uchun reklama lavhalarini yaratish borasida Samsung hech qachon ziqnalik qilmagan.

YouTube resursidagi «Every Advert Ever!» kanali Galaxy S turkumidagi barcha smartfonlarning reklama roliklarini bitta videolavhaga jamlagan. Marhamat, o‘zingiz ko‘rib zavq oling:

Tasavvur qiling-da, 2010 yili Galaxy S modelining reklama roligi kishilarga salkam fantastika bo‘lib tuyulgan. Bugun esa bu kundalik turmushimizdagi shunchaki oddiy holatlarga aylanib ulgurgan.

2011 yili esa Samsung o‘zining Galaxy S2 smartfoni reklamasida iPhone foydalanuvchilari ustidan hazil qilgan. Undan keyingilari esa – endi reklama qilishga ham unchalik hojat qolmagan muvaffaqiyatli smartfonlarning reklamalaridir.