Samsung Galaxy S10 flagmanlar triosining narxlari va jihatlari ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  7577
  •  26.09.2018 16:30

Samsung Galaxy S10 flagmanlar triosining narxlari va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S10 flagmani uch xil modifikatsiyada chiqishidan xabaringiz bor. Samsung ularni eng so‘nggi innovatsiyalar bilan boyitishga jiddiy ahd qilgan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Slashgear resursi esa mazkur flagmanlarning xususiyatlari va narxlari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Galaxy S10 uch xil variantda chiqariladi: bazaviy model, retro-versiya va premium-versiya.

Standart Galaxy S10 modeli chekkalari qayrilgan 5,8 dyuymlik displeyga hamda 5G-modulga ega bo‘ladi. Daktiloskopik datchigi displeyga integratsiya qilingan mazkur devaysga 1000 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi.

Galaxy S10R (Retro) ham standart talqinidagi singari o‘lchamdagi, ammo tekis ekranga, 4G-modulga va korpusning yon qirrasida joylashgan barmoq izi skaneriga ega. Samsung ushbu modeli uchun 750 dollar haq so‘ramoqchi.

Flagmanning premium modeli esa 6,4 dyuymlik displeyga, unga o‘rnatilgan barmoq izi sensoriga va 5G moduliga ega. Ushbu talqindagi Galaxy S10 uchun 1100 dollar narx belgilangan.

Har uchala modeldagi flagmanni kelasi yil fevralning so‘ngida – MWC 2019 doirasida taqdim etishadi. Ushbu ishlab chiqaruvchining aksariyat smartfonlari O‘zbekistonda, jumladan – o‘zimizning Terashop.uz internet-do‘konimizda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Samsung uchta Galaxy S10 versiyasida Android 9 Pie’ni sinab ko‘rdi