Samsung Galaxy S11 haqidagi navbatdagi ma’lumot bilan tanishing

Samsung Galaxy S11 haqidagi navbatdagi ma’lumot bilan tanishing

Samsung'ning navbatdagi flagmani — Galaxy S11 chiqishiga hali ancha vaqt bor. Shunday bo‘lsa-da, mish-mishlar charxpalagi aylanishdan to‘xtayotgani yo‘q.

Hozirga qadar, S11 tugmachalarsiz bo‘lishi, yaqin vaqt ichida periskop kamerasini sinovdan o‘tkazish boshlanishi va boshqalar haqida ma’lumot sizdirilgan. Mana endi, HTML 5 bruazeri sinovi sabab smartfonning displeyi haqida ham kichik ma’lumotga ega bo‘ldik.

HTML 5 benchmarkida sinovdan o‘tkazilgan devaysning model raqami SM-G416U ekanligini quyidagi rasmdan ko‘rishimiz mumkin. Samsung hali taqdim qilinmagan S modellarini sinovdan o‘tkazishda har doim aynan mana shu model raqamidan foydalanadi. Flagman Android 10'da ishlashi unchalik ham ahamiyatli ma’lumot emas. Lekin benchmarkda ko‘rsatib o‘tilgan 384x854 piksel rezolyusiyasidan ko‘rinib turganidek, qurilmaga 20:9 nisbatdagi displey o‘rnatilishi e’tiborga molik jihatdir.Galaxy S10 va Note10 flagmanlariga 19:9 displey qo‘yilgan bo‘lsa, Galaxy A80 va A70'lar xuddi mana shunday 20:9 ekran nisbatiga ega.

Smartfonga bunday uzunchoq ekran qo‘yishdan Samsung'ning maqsadi nima ekanligi haqida hozircha bir gap aytib bo‘lmaydi. S11'da ham korpusdan sizib chiquvchi selfi kamera o‘rnatiladimi-yo‘qmi, bu ham hozircha noma’lum.Flagman keyingi yil fevraldan oldin taqdim qilinishini kutmasa ham bo‘ladi. Lekin biz u haqidagi yangidan-yangi ma’lumotlarni kutib qolamiz.

O‘QING: Tez orada Samsung Galaxy S11 kamerasi sinovdan o‘tkaziladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!