Samsung Galaxy S11 kamerasi necha megapikselli bo‘ladi?

Samsung Galaxy S11 kamerasi necha megapikselli bo‘ladi?

Samsung Galaxy S11 oilasi smartfonlari debyutiga hali ancha vaqt bo‘lsa ham, mish-mishlar charxpalagi aylanishdan to‘xtamayapti, keyingi yilgi flagmanlar haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lishda davom etayotir.Joriy yilning may oyida Samsung o‘zining yangi 5x optik zumli modullarini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshlashi haqida ma’lum qilgan edi. Endi esa Janubiy Koreya texnologiya yangiliklari nashri The Elec'ning xabar berishicha, Galaxy S11 seriyasi smartfonlariga yangi periskop va 108MP linza o‘rnatiladi.

Samsung'ning elektromexanika bo‘limi o‘zining YouTube'dagi kanaliga yangi kameraning qanday ishlashi ko‘rsatilgan video joyladi. Ushbu modulning hajmi 5 mm bo‘lib, telefonning orqa qismidan bo‘rtib chiqmaydi. Kamerada OIS ham mavjudligi ushbu fokus uzunligida qo‘l keladi.

O‘QING: Insayderlar Samsung Galaxy S11 haqida eksklyuziv ma’lumot e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!