Samsung Galaxy S11: taqdimot sanasi, displey va kameralarning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S11: taqdimot sanasi, displey va kameralarning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S11 lineykasi smartfonlarini keyingi yil fevral oyida taqdim qilishi kutilayotgan edi va berilgan eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra esa, flagmanlarning taqdimot marosimi 11-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi. 

Bu haqida Galaxy S11 mavzusidagi yopiq majlisda ishtirok etganini ta’kidlayotgan (Gretsiyaning MatrixLife media kompaniyasi vakili) Nik Oikonomou ma’lum qildi. Bu haqida GSMArena xabar bermoqda.

Taqdimot sanasi bilan birga, Oikonomou Galaxy S11, S11e va S11+ larning bir qator texnik jihatlari haqidagi ma’lumotni o‘rtoqlashdi.

Uning aytishicha, S11 seriyasiga Exynos 990 chipi o‘rnatiladi va albatta, Snapdragon'li talqin ham chiqadi. Uchala qurilmaning barchasi 25 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi va qadoq tarkibida ham 25 vattli quvvtlagich-adapter bo‘ladi. 

Galaxy S11'ning oddiy SIM kartali va eSIM (eletron-SIM) kartali versiyalari bo‘ladi va S11+ da 5G tarmog‘i qo‘llab-quvvatlanadi.Oy boshida, ishonchli insayderlardan Evan Blass S11 va S11+ larga mos ravishda 6.7“ va 6.9“ displeylar o‘rnatilishi haqida ma’lumot bergan va S11e yoki 6.2“, yoki 6.4“ panelli bo‘lishini taxmin qilgan edi. Oikonomou ham bu xabarlarni tasdiqlab, S11 va S11+ larda ekranning yangilanish chastotasi 120Hz bo‘lishi haqidagi ma’lumotni qo‘shimcha qilib qo‘ydi.

Bundan tashqari, smartfonlarga markazda joylashgan aylana tirqishli selfi kamera o‘rnatiladi, displey esa SAMOLED bo‘lishi mumkin.

Linzalar borasida esa Oikonomou S11 va S11+ to‘rt kamerali modulga ega bo‘lishi va asosiy kamera 108MP bo‘lishini aytdi. Bundan chiqdi, beshinchi kamera borasidagi sal ilgariroq qilingan taxminlar o‘zini oqlamadi.

Modul tarkibiga, shuningdek, 10x yo‘qotishlarsiz va 100x gibrid zumli 48 megapikselli telefoto linzasi ham kiradi.

O‘QING: Mana, Samsung Galaxy S11 qanday bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.