Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining kamera imkoniyatlari, displey o‘lchamlari hamda akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining kamera imkoniyatlari, displey o‘lchamlari hamda akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta "Samsung Unpacked" taqdimotida Galaxy Z Fold3 hamda Z Flip3 buklamafonlari tanishtirildi. Endi esa barcha diqqat e’tibor yangi S22 seriyasiga qaratilishi aniq. Ice Universe S22 modellarining ayrim texnik jihatlari haqida ma’lumot berdi. S21 seriyasi bilan taqqoslaganda yangi modellarning umumiy dizaynida biroz o‘zgarish bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S22 Ultra borasida Samsung muxlislarining orzusi armonga aylandi

Displey o‘lchamlari bilan boshlasak, Galaxy S22 - 6.06 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlariga 6.55 hamda 6.81 dyuymli displey o‘rnatiladi. Taqqoslash uchun, Galaxy S21 - 6.2, S21+ - 6.7, S21 Ultra'ga esa 6.8 dyuymli displeylar o‘rnatilgan.

Barcha S22 smartfonlari 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardan faqatgina Ultra modeli QHD+ rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlovchi displeyga ega bo‘ladi.

Smartfon kameralari haqida gap borar ekan, S22 hamda S22+ 50MP asosiy kamera, 3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 12MP telefoto kamera va ultrakeng kameraga ega bo‘ladi. Ularning “akasi“ S22 Ultra'ga esa 108MP asosiy kamera, 12MP 3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kamera, 12MP 10x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi ikkinchi telefoto kamera hamda 12MP ultrakeng kamera o‘rnatiladi.

Akkumulyator sig‘imi esa S22 va S22+ smartfonlarida 3,800 hamda 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. S22 Ultra esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Smartfonlar necha vattda quvvat olishi esa hali aniq emas.

O‘QING: Galaxy S22'ning kamerasi borasidagi ma’lumotlar sizdirildi. Samsung ijobiy o‘zgarish qilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!