Samsung Galaxy S22 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi!

Samsung Galaxy S22 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi!

Galaxy S22 seriyasining taqdim etilishiga hali bir necha oy vaqt bor, biroq qurilmalarning texnik jihatlari haqida shu kungacha ko‘plab xabarlar e’lon qilindi. Endi smartfonlarning renderlari ham sekin asta paydo bo‘lmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

OnLeaks sayti Galaxy S22 Ultra'ning 3D render suratlarini taqdim etdi. Suratlar smartfonning dizayni va ayrim xususiyatlarini oshkor qilgan.

Smartfon kamera modulining o‘zgarganligi birinchi diqqatni tortadigan faktorlardan biri. Avvallari bunday shakldagi kamera moduliga ega Galaxy smartfonini ko‘rmagan edik.

Eng muhim o‘zgarishlardan biri bu - smartfonda maxsus S Pen uchun uya yaratilgan. Endi S22 Ultra'ni Galaxy Note seriyasining davomchisi bo‘ladi deb ham aytish mumkin. Chunki qurimada stilus uchun uya borligi hamda uning korpus burchaklari qirrali ekanligi ko‘pchilikka Note seriyasini eslatib yuboradi.

Galaxy S21 Ultra qurilmasi S Pen'ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi S seriyadagi smartfon bo‘lgan edi. Ammo qurilmada S Pen uchun uya bo‘lmaganligi sabab, uni alohida stilus uchun uyaga ega g‘ilof bilan sotib olish kerak edi. Bu o‘z navbatida qo‘shimcha mablag‘ sarflashga sababchi bo‘lgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy Note seriyasi endi chiqmaydi. S22 Ultra esa Note seriyasining mantiqiy davomchisi bo‘ladi.

Shuningdek, Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarning ayrim texnik jihatlari ham ma’lum bo‘ldi. Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlari uchta kameraga ega bo‘lib, ularning asosiy kamerasi 50MP ni tashkil qiladi. Asosiy kamersa 108MP bo‘lgan Galaxy S22 Ultra esa to‘rta kameraga ega bo‘ladi.

Uchala smartfon Exynos 2200 (ba’zi xudud bozorlari uchun Snapdragon 898) chipi bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Ular Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Galaxy S22 smartfoni 3,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 25 vattda quvvatlash mumkin. Galaxy S22+ qurilmasi 4,500 mAs, Galaxy S22 Ultra esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Ikkala smartfon ham 45 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘QING: 50MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator: Samsung'dan 200 dollarlik yangi hamyonbop smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!