Samsung Galaxy S7 smartfoni Rossiyada sotila boshlandi

Samsung Galaxy S7 smartfoni Rossiyada sotila boshlandi

Samsung kompaniyasining Galaxy turkumiga kiruvchi yangi S7 va S7 edge flagman smartfonlari 18 mart kuni Rossiyaning smartfon bozoriga ilk marotaba erkin savdoga chiqarildi.

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi o‘rnatilgan gadjetlarning Rossiyadagi narxi quyidagicha:

32 gigabaytli doimiy xotira bilan ta’minlangan Galaxy S7 49990 (738 AQSh dollari) rubl.

Xuddi shu talqindagi Galaxy S7 edge smartfonining narxi esa 59990 (886 AQSh dollari) rubl.

Samsung kompaniyasi 22 fevraldan 18 martga qadar sayti orqali mazkur mobil aloqa vositalariga oldindan buyurtmalarni qabul qilgan edi. Kompaniya tomonidan Samsung Galaxy S7 700 AQSh dollari, Galaxy S7 Edge 800 AQSh dollariga baholangan.

Fevral oyining so‘ngida Barselonada o‘tgan Mobile World Congress anjumani doirasida taqdim etilgan Galaxy S7 ayni paytda dunyoning eng kuchli smartfoni, deya e’tirof etilmoqda.

4 gigabaytli tezkor xotira va 8 yadroli  Exynos 8890 yoki Snapdragon 820 protsessorlaridan biriga ega smartfon 32 GB doimiy  xotira bilan ta’minlangan. Har ikkala gadjet suv va chang ta’siriga bardoshli bo‘lib, suv ostida 30 daqiqagacha “jon saqlashi” mumkin. Flagmandagi microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida foydalanuvchilar qurilma xotirasini yanada kengaytirish imkoniga egalar. Galaxy S7’da 3000 mAs, Galaxy S7 edge’da esa 3600 mAs quvvat sig‘imiga akkumulyator mavjud. Gadjetlarni simsiz texnologiya yordamida ham quvvatlash mumkin.

S7 va S7 edge gadjetlari baland va aniq-tiniq eshitiladigan audio ko‘nikmaga ega. Shu bilan birga, Samsung Galaxy S7’ning yuqori piksel sig‘imiga ega displeyida ranglar jilosini yaqqol ko‘rish mumkin.

Batafsil tavsif:

Samsung Galaxy S7’ning iPhone’dan 5 ta ustun jihati

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!