Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2558
  •  23.11.2017 15:59

Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

Janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi flagmanlari tashqi ko‘rinishi jihatidan avvalgi «ajdod»laridan aytarli farq qilmaydi. Bu haqda Venturebeat portali xabar bergan.

O‘QING: Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S9 hamda uning «plyusli» talqini displeyi avvalgi o‘lchamida qoladi. Umuman, ularning dizayni sakkizinchi avlod flagmanlaridan judayam katta farq qilmaydi. Asosiy o‘zgarishlar telefonlarning ichki – apparat qismiga qaratilgan.

Xullas, Galaxy S9 modeli 4 gigabaytlik, Galaxy S9+ esa 6 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Ularning ichki xotirasi esa eng kami 64 gigabaytlik talqinda chiqariladi.

Galaxy S9+ smartfoni qo‘shaloq modulli asosiy kameraga ega bo‘lsa, Galaxy S9 asosiy kamerasining ob’yektivi bittagina. Bu, xuddi Apple smartfonlarida bo‘lganidek, flagmanlarning tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zaro farqlanishi uchun qilinmoqda.

O‘QING: Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Foydalanuvchilarning Galaxy S8 modeliga doir shikoyatlarini inobatga olgan holda, Samsung bu gal barmoq izi skanerini kameraning yoniga emas, balki ostiga joylamoqda. Shuningdek, Galaxy S9 hamda S9 Plus ovoz sifati ham yanada yaxshilanadi – ularga AKG kompaniyasining stereodinamiklari o‘rnatiladi.

Bulardan tashqari, Samsung to‘qqizinchi avlod flagmanlari bilan birga yangi DeX dok-stansiyasini ham namoyish etadi. Mazkur qurilma boshqa biror tashqi gadjetga ulana oladi. Masalan, u displeyga ulanadi, smartfon esa bir vaqtning o‘zida virtual klaviaturaga va tachpadga aylanadi.

Venturebeat sayti e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S9 hamda S9 Plus slagmanlarini kelasi yilning yanvar oyidayoq – CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etishadi.

O‘QING: Galaxy S9'ning qanchaga qimmat bo‘lishi aytildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!